Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/12/2020
Chop etish
IJOD GULSHANIDA OCHILGAN GULLAR

«Yangi O’zbekiston – yangicha qunyoqarash» shiori ostida «Ijod gulshanida ochilgan gullar» mavzusida Jizzaxlik ijodkorlar bilan adabiy uchrashuv bo’lib o ‘tdi. Mazkur ijodiy uchrashuv

tashkilotchilari O’zbek tili va adabiyoti fakulteti hamkorlari – Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat Axborot kutubxona markazi, O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Jizzax viloyati bo’limi, O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashi, hamda JDPI Axborot resurs markazi birgalikda shoira Zuhra Mamadaliyeva badiiy ijodiga bag’ishlandi. Shoiralar bilan bo’lib o’tgan ijodiy uchrashuvda O’zbek adabiyoti kafedrasi qoshidagi «Marvarid» kitobxon talabalar to’garagi, hamda «Yosh tadqiqotchi» klubi a’zolari ishtirok etib shoira Z.Mamadaliyeva bilan dildan suhbat qurdilar, savol-javoblar va fikrlar bilan o’rtoqlashdilar, she’rlaridan namunalar mutolaa qildilar.

Shuningdek, kutubxona xodimlari Jizzaxlik adib va yozuvchilar bilan muntazam adabiy-ijodiy uchrashuvlar o’tkazishda kafedra to’garagini hamkorlikka chorladilar. «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashi faollari «Badiiy ijod va milliy tiklanish» mavzusida tashkil etgan kichik viktorinada faol ishtirok etgan talaba yoshlarni sovg’alar bilan taqdirladilar. Shoira Mehriniso Abdurahmonova, dotsent Yulduz Karimova, Axborot kutubxona markazi xodimlari Navbahor Ikromova hamda Jizzax adabiy muhiti tadqiqotchisi Parizod Turopova tomonidan bildirilgan dil so’zlari uchrashuv shukuhini ko’tardi, Uchrashuv so ‘ngida shoira Zuhra Mamadaliyeva o’zining «Dunyolar moviyrang» hamda «Muhabbat shamoli» she’riy to ‘plamlaridan talabalar va mehmonlarga armug’on etdi.

Dilnavoz Salimova O’zbek adabiyoti o’qitish metodikasi kafedrasi katta o’qituvcisi, f.f.f.d (PhD)


Ulashish:
803
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.