Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/03/2021
Chop etish
Ijarada turuvchi talabalar bilan uchrashuv…

Shu kunlarda Jizzax shahridagi  bir necha MFY vakillari OTM larda bo‘lib, talabalar  bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Mazkur jarayonda Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektori va faollar  o‘z mahalla hududida ijarada turgan talabalarning  muammolarni yanada chuqur o‘rganishga, ularning tinchligi va yaxshi sharoitda istiqomat qilishlari uchun ta’lim muassasalari  bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan.

Sa’dulla Meliboev  Jizzax  shahridagi “Zargarlik” mahalla fuqarolar yig‘in raisi lavozimida faoliyat yuritad

 

i. Bugungi Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan uchrashuvga aynan uning mahallasi hududida istiqomat qilayotgan ijaradgai talabalar taklif etilgan. Uchrashuvda so‘z olgan S.Meliboev, mahalla faollari, ularning shodligu-quvonchiga, kundalik hayotiy tashvishlariga sherik ekanligini, shuning bilan ularning hayoti uchun qisman ma’sul ekanliklarini  ta’kidlab o‘tdi.

– O‘rganishlar davomida bizni o‘ylantirayotgan, ko‘pdan beri o‘z yechimini kutayotan muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratyapmiz, – deydi MFY raisi S.Meliboev. – Shuningdek, uchrashuvlarda  talabalarning o‘z haq huquqlarni bilishlari, ijarada turish shartlari bilan yaqindan tanishishlari, mahalla obodonchiligiga o‘z hissalarini qo‘shishlarini istardim. Talaba  to‘rt yil oliygohda o‘qish mobaynida shu mahallada istqomat qilar ekan demakki bu yer ham uning o‘z maskani ekanligini unutmasligi lozim.

Bugungi kunda “Zargarlik” MFYda 12000  nafar aholi istiqomat qiladi. Tartib bor joyda intizom bo‘ladi, o‘sish va rivojlanish bo‘ladi. Agarki biz yon atrofimizga e’tiborli bo‘lsak, o‘ylaymanki turli huquqbuzarliklarni oldi olingan bo‘lar edi. Uchrashuvda so‘zga chiqqan mahalla profilaktik inspektori G‘iyos Qo‘chqorov talabalardan  befarq bo‘lmaslikni, jamoat joyda avvalambor tartib intizomga rioya qilish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiynayotgan muammolar bo‘yicha savollar bilan murojaat qilishdi. Shuningdek haftaning har shanba kuni “Obod mahalla” doirasida  tozalik  va obodonlashtirish ishlari olib borilishiga hamda “Bir talaba-bir ko‘chat” aksiyasi o‘tkazishga kelishib olindi.

 

 

 

 

 

 


Ulashish:
844
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yapon tili va madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan yangi markazning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Universitetning Bog‘ishamol kampusida o‘tkazilgan tadbirda Yaponiyadan tashrif buyurgan mutaxassislar, xorijlik mehmonlar hamda “Nagoya–O‘zbekiston do‘stlik jamiyati”Umida Ashurova rahbari ishtirok etdi.
JDPUda Xorijiy tillarni o‘qitish va amaliy lingvistikaga bag‘ishlangan 16-xalqaro FLTAL konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Xorijiy tillarni o‘qitish va amaliy lingvistikaga bag‘ishlangan 16-xalqaro FLTAL konferensiyasi yuqori saviyada tashkil etilib, o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi. 25 ta davlatdan 200 ga yaqin mahalliy...
16-xalqaro FLTAL konferensiyasi o‘z ishini sho‘balar kesimida davom ettirdi.
Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar va ishtirokchilar turli yo‘nalishlarga bo‘lingan holda ilmiy sessiyalarda ishtirok etib, taqdimotlar tingladilar. Ularda ikki va ko‘p tillilik, translingvizm, til o‘rganish va...