Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/02/2021
Chop etish
Hindistonlik mehmonlar Jizzaxda …

Bugun  Jizzax davlat  pedagogika institutiga “Sambxram” instituti vakillaridan tashkil topgan delegatsiya  tashrif buyurdi.

Hindistonlik mehmonlarni institut rektori  Sh.S.Sharipov boshchiligidagi  rahbariyat qabul qildi. Muloqot  va muzokaralar davomida institut rektori mehmonlarni oliygohdagi yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar va kelajak rejalar bilan batafsil tanishtirdi.

Shundan so‘ng  mehmonlar  Madaniyat saroyida Zahiriddin Muhammad Boburning 538 yilligi munosabati bilan  institutning O‘zbek tili  va adabiyoti fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etishdi. Tadbirni instiut rektori kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng delegatsiya rahbari   so‘zga chiqib Z.M.Boburning Hindistonda amalga oshirgan buyuk ishlari, davlatchilik va siyosatda to‘g‘ri qaror qabul qilishlar orqali hind xalqiga mehr qo‘yib uni o‘z Vatanidek qabul qilganligini, shu elga,  madaniyatni ma’rifatni singdirganligini  faxr bilan ta’kidladi. Tadbirda talabalar tomonidan  Bobur g‘azallaridan kuy qo‘shiqlar ijro etilib, sahnaviy ko‘rinishlar hamda hind sa’nati durdonalaridan ham namoyish etildi.


Ulashish:
819
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.