Jizzax davlat pedagogika instituti Majlislar zalida institut jismoniy madaniyat fakulteti talabalari, boks bo‘yicha bir qator mintaqaviy va xalqaro musobaqalar sovrindorlari, noyabr oyida Vetnam Sotsialistik Respublikasining Xoshimin shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilar Ismatova Go‘zal Odiljon qizi va Melieva E’zozaxon Mansur qizilarni taqdirlash marosimi
Taqdirlash marosimini istitut rektori, prof. A. Xolbekov ochib berdi. A. Xolbekov o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimovning “Hech bir narsa mamlakatni sportchalik tez dunyoga tanita olmaydi”, – degan jumlalari bilan boshladi. Yurtimizda sportning ayniqsa, boksning keng rivojlaniyotgani, bu yo‘nalishda ko‘plab olimpiada va xalqaro musobaqalar g‘oliblari yetishib chiqayotgani haqida
gapirib o‘tdi. Xususan, Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan yozgi olimpiada o‘yinlarida yurtimiz atletlari boks bo‘yicha umumiy xisobda birinchi o‘rinni egallaganini, joriy yil Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida ham oldingi o‘rinlarni egallaganini eslatib o‘tdi. A. Xolbekov o‘z nutqi yakunida sportchilarga kelgusi ishlarida omad tilab, jahon, olimpiada birinchiliklarida ham O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishlariga tilak bildirdi. Shundan keyin so‘z navbati jismoniy madaniyat fakulteti dekani O. Muqimovga berildi.
Fakultet dekani sport sohasining psixologik muammolari, sport formasining doimiy holati muammolari haqida fikrlar yuritib, ularni yaxshi holatda olib borish nafaqat sportchiga balki, uztoz-murabbiylarga ham bog‘liq ekanligini alohida uqtirib o‘tdi.
Taqdirlash marosimi so‘ngida sportchi talabalarimizga institut tomonidan esdalik sovg‘alari, pul mukofotlari va diplomlar topshirildi.