Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/02/2021
Chop etish
HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

2021yil 5 Fevral kuni Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Turkiyaning Suleyman Demirel universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ikkala OTM lar o‘rtasida o‘zarotajriba almashish, istiqbolli hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan Memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Hamkorlik marosimi ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

Memorandum imzolash marosimi Jizzax davlat pedagoigka instituti rektori Sh.S. Sharipov va Suleyman Demirel universiteti Xalaro hamkorlik aloqalari prorektori Betul Sirin, Suleyman Demirel universiteti Erasmus loyihalari koordinatori Ipek Gumushchanlarining tanishuv muloqotlari bilan boshlandi. Unda tomonlar o‘z oliygohlari haqida ma’lumot berish bilan birgalikda ushbu memorandumning imzolanishi har ikkala tomon uchun, xususan talabalar  uchun zarur ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.

 

Memorandumda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma tadqiqot ishlarini targ‘ib qilish, keyingi o‘quv yilida Jizzax davlat pedagogika institutida tibbiyot fakulteti ochilishi munosabati bilan ulardagi tibbiyot fakultetlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kabi yo‘nalishlar ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi. Shuningdek ushbu memorandum orqali JDPI professor-o‘qituvchilarning Suleyman Demirel universitetida malaka oshirish kurslariga jo‘natish, kredit-modul tizimida o‘quv rejalarini, o‘quv dasturlarini muhokama qilish, konferensiya va seminarlarda ishtirok etish kabi takliflar bandma band ko‘rib chiqildi va har ikki OTM vakillari tomonidan ma’qullanib Memorandum imzolandi.


Ulashish:
678
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.