Gender tengligi
Gender tengligi
|
08/11/2025
Chop etish
“Gender tenglik va xotin-qizlarning huquqiy masalalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakultetida xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Gender tenglik va xotin-qizlarning huquqiy masalalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, viloyat “Oqila ayollar harakati” a’zosi Z. Kasimova, shuningdek, dekan maslahatchisi talaba-qizlarga gender tenglik tushunchasi, uning ijtimoiy ahamiyati, davlat boshqaruvida xotin-qizlarning teng ishtiroki hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berishdi.

Shuningdek, ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va qonunchilikdagi yangiliklar haqida ham so‘z yuritildi.

Uchrashuv o‘zaro fikr almashish, qiziqarli savol-javoblar va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olish imkoniga ega bo‘ldilar.


Ulashish:
1 645
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, Kengash a’zolari hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari ishtirok etdi.
JDPUda ijtimoiy psixologiyaning dolzarb masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Zamonaviy ijtimoiy psixologiya: an’analar va istiqbollar» mavzusida III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi.
JDPUda jinoyatçilikning oldini oliş masalalari yuzasidan oçiq muloqot ötkazildi
Unda Jizzax şahar Içki işlar bölimi boşliği, polkovnik Şerqulov Jasur Mamatquloviç, universitet rahbariyati, mas’ul xodimlar hamda talabalar iştirok etdi.