Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
22/01/2024
Chop etish
Fuqarolarimizning Konstitutsiyamizda belgilangan o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish imkoniyati  yanada kengaytirildi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning odil sudlovdan foydalanish hamda davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Shu bilan birga yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining har kimga o‘z huquq va erkinliklari sud orqali himoya qilinishi, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishiga oid normasini amalga oshirish maqsadida ma’muriy sudlarga murojaat qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, shuningdek davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish tartib-taomillarini soddalashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Shu munosabat bilan Prezidentimiz tomonidan 2024-yil 16 yanvarda «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini fuqarolardan oldindan undirmasdan, ushbu bojni ishni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra aybdor tarafdan undirish tartibini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek davlat bojining ko‘rsatilgan stavkasi miqdori pasaytirilishini nazarda tutuvchi ““Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ma’muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida””gi O‘RQ-897-sonli Qonun imzolandi.

Qonunning Ma’muriy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish deb nomlangan 10-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmunda
11 (prim)-band bilan  to‘ldirildi: “jismoniy shaxslar – o‘z huquqlarini
va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda” ma’muriy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi haqida belgilab qo‘yildi.

Mazkur shaxslarning talablarini qanoatlantirish to‘liq va qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilish rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

Bunday holatlarda fuqarolardan berilgan arizalar bo‘yicha undiriladigan davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining (01.12.2023 yildan 340.000 so‘m) 70 foizi etib belgilandi (ilgari BHMning 1 baravari miqdorida edi).

Mazkur Qonun fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari sud tartibida himoya qilinishini ta’minlashga, ularning odil sudlovdan foydalanish hamda davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga murojaat qilish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

 

Yuriskonsult  F.Abdurahmonov

 

 

 


Ulashish:
1 057
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...