Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/04/2022
Chop etish
Fizika va texnologik ta’lim fakultetida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

“Uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarni o‘qitishga yo‘naltirishning muammo va yechimlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy anjumani institutning Fizika texnologik ta’lim fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazildi. Anjumanni institut rektori  Sh.Sharipov ochib berdi.

Juda qiziqarli bahs va munozaraga boy bo‘lgan anjumanda respublikamizning turli OTM laridan ishtirok etgan olimlar BTTU muayyan faoliyatga tayyorlashning metodologik asoslari, Texnologik ta’limni tashkil etishga oid tadqiqotlarning xususiyatlari, rivojlanish tendentsiyalari, Umumta’lim maktablari  o‘quvchilarida  xalq  hunarmandchiligiga  bo‘lgan psixologik-pedagogik  imkoniyatlar, Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi» fanidan talabalar mustaqil ishlarini takomillashtirish,  Ta’limda fan, pedagogika va yaratuvchanlik faoliyati,Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarini tayyorlash jarayoniga zamonaviy didaktik vositalarni qo’llash, O’quvchilarni texnologiya fani bo’yicha yoshlarni mustaqil ijodiy faoliyatga yo’naltirish muammo va yechimlari mavzularida ma’ruza qilishdi. Kunning ikkinchi yarmida anjuman o‘z ishini sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirdi.

 

 

 

 

 


Ulashish:
877
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.