Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/05/2022
Chop etish
“Farzandlarimiz tarbiyasida barchamiz birdek mas’ulmiz” institutda o‘tkazilgan  ota-onalar madaniy-ma’rifiy  yig‘ilishi ana shunday nomlandi

Institutning Boshlang‘ich ta’lim fakultetida tashkil etilgan “Farzandlarimiz tarbiyasida barchamiz birdek mas’ulmiz”  mavzusida fakultet talabalarining ota-onalari bilan madaniy-ma’rifiy uchrashuvida 300 dan  talabalarning ziyod oat-onalari ishtirok etishdi. Uchrashuvni institut Yoshlar masalalari ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida bugun talaba yoshlarning oila a’zolari, xususan ota-onalari bilan ustozlar o‘rtasidagi doimiy va yaqindan muloqotlar ularning komil inson bo‘lib voyaga yetishida faqat ijobiy samara berishini ta’kidladi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash choralari, ota-onalar bilan yaqindan va samimiy muloqotni tashkil etish, talaba odobi, xususan qizlarning kiyinish madaniyati borasida  o‘z  fikr mulohazalarini bildirishdi.

Sir emas bugun talaba yoshlarimiz orasida  bilib-bilmay jinoyat yo‘liga kirib ketayotgan adashganlar ham bor. Jizzax davlat pedagogika instituti profilaktika inspektori S.Abdulhakimov ham o‘z chiqishida Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda ota-onalarning ko‘magi va maslahatlari zarur ekanligini aytib o‘tdi.

Tadbir davomida 2021-2022 o‘quv yili davomida fakultetning erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi videorolik ham  namoyish etildi. Farzandi ortidan yaxshi so‘z, iliq fikr eshitish har bir ota-ona uchun baxt. Tadbirda ana shunday yaxshi so‘z va e’tirofga loyiq  eng faol  va namunali talabalar, ularning ota-onalari  ham taqdirlandi. Samimiy muloqot tarzida o‘tkazilgan ma’rifiy-madaniy tadbir so‘ngida fakultet qoshida tashkil etilgan “Ibrat” talabalar teatri tomonidan tayyorlangan Erkin Xushvaqtovning “Qirmizi olma” spektakli namoyish etildi.

 


Ulashish:
688
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.