Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Savollar
Savollar
|
15/06/2022
Chop etish
Endi о‘qishni kо‘chirishga faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat beriladi deyilmoqda. Bu xaqida ma’lumot bersangiz?

JAVOB: Bu haqda 2022 yil 7 iyul kuni Qonunchilik palatasining yalpi majlisida oliy va о‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ma’lum qildi.

Vazirning xabar berishicha, joriy yildan faqatgina 2 ta shart bilan о‘qishni kо‘chirishga ruxsat beriladi, ya’ni talaba yoki boshqa hududga turmushga chiqsa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga о‘tsa. Boshqa toifalardagi talabalarga hech qaysi holatda о‘qishini kо‘chirishga ruxsat berilmaydi.

Shuningdek, о‘qishni kо‘chirishda vazir xati talab etiladi.

О‘qishni kо‘chirish о‘rniga akademik mobillikni qо‘llash tatbiq etiladi.

Vazirning aytishicha, joriy yilda 150 ming talaba о‘qishni kо‘chirish uchun ariza berishi kutilmoqda. Bu salkam bir yillik kvotalarga teng. Talabalar kirish birmuncha osonroq yо‘nalishlarni tanlab, 2-kursdan talab yuqoriroq yо‘nalishlarga kо‘chirib olishni reja qilmoqda. Endi bunga chek qо‘yiladi.

Sodda qilib aytadigan bо‘lsak, Respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalaridan boshqa oliy ta’lim muassasasiga talaba boshqa hududga turmushga chiqsa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga о‘tsa о‘qishini kо‘chira oladi.


Ulashish:
4 180
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.