Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/05/2021
Chop etish
E’LON!!!

Assalomu alaykum hurmatli professor-o`qituvchilar!

Jizzax davlat pedagogika instituti bilan  Turkiyaning nufuzli TOP 1000 talikka kirgan Suleyman Demirel Universiteti  o`rtasida tuzilgan Hamkorlik Memorandumiga asosan 2021-2022 o`quv yili kuzgi semestrida o`qituvchilar va talabalar almashinuvi yo`lga qo`yiladi. “Mevlana Exchange Program” tomonidan Turkiyaga borish, Suleyman Demirel Universitetida Almashinuv dasturida ishtirok etish uchun  barcha harajatlar qoplanadi!

Ushbu dasturda quyidagi yo`nalish professor-o`qituvchilari va talabalari ishtirok etishlari mumkin:

1) Ingliz tili va adabiyoti yo`nalishi (2ta o`qituvchi va 2 ta talaba)

2) Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi (2ta o`qituvchi va 2 ta talaba)

3) Maktabgacha ta`lim yo`nalishi (2ta o`qituvchi va 2 ta talaba)

4) Fizika yo`nalishi  (2ta o`qituvchi va 2 ta talaba)

Ushbu Almashinuv Dasturida ishtirok etmoqchi bo`lgan professor-o`qituvchilar va talabalar diqqatiga!

Avgust oyigacha Dasturdagi asosiy shartlardan biri Chet tilini bilish darajasi xalaro sertifikatiga (IELTS, CEFR) ega bo`ling! Sertifikati mavjud nomzodlar bu Dasturda ishtirok eta oladi!

O`qituvchilar uchun: kamida IELTS 6,5 yoki CEFR C1.

Talabalar uchun: kamida IELTS 6,0 yoki CEFR B2.

UNUTMANG! Xalqaro Sertifikat bu Dasturda ishtirok etishning birinchi sharti!

Hujjat  topshirgan  nomzodlar  tanlov  asosida  qabul  qilinadi!


Ulashish:
1 152
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.