Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
18/11/2022
Chop etish
Diqqat e’lon! Vengriya stipendiyalari (“Stipendium Hungaricum”) dasturi

Xabaringiz bor Vengriya hukumatining “Stipendium Hugaricum” ta’lim grantlari dasturi doirasida ushbu mamlakat OTMlarida o‘qish uchun 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab har yili O‘zbekiston fuqarolariga kvota ajratib kelinadi.

Joriy yil 4-may kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi o‘rtasida “2020-2023 yillarda Vengriya stipendiyalari (“Stipendium Hungaricum”) dasturi doirasidagi hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida bayonnoma” imzolandi. Unga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston uchun ushbu ta’lim grantlari soni hozirgi 100 tadan 170 tagacha ko‘paytirildi.

Ushbu kvota ta’lim bosqichlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:

–  qishloq xo‘jaligi, kompyuter va axborot texnologiyalari, muhandislik, sog‘liqni saqlash sohalari bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun har yili ko‘pi bilan 20 ta (yigirma) stipendiya ajratadi;

–  qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy fanlar, kompyuter va axborot texnologiyalari, huquq fanlari (Yevropa va xalqaro tadbirkorlik (biznes) huquqi), muhandislik, tibbiyot va sog‘liqni saqlash, tabiiy fanlar (biotexnologiya, molekular biologiya kartografiya) sohalari bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari uchun har yili ko‘pi bilan 60 ta (oltmish) stipendiya ajratadi;

– qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy fanlar, kompyuter va axborot texnologiyalari, huquq fanlari, muhandislik, tibbiyot va sog‘liqni saqlash, tabiiy fanlar (kartografiya, molekular biologiya) sohalari bo‘yicha bakalavriat bilan bo‘linmas bir bosqichli magistratura (besh/olti yillik uzluksiz oliy ta’lim – “OTM – one-tier master”) mutaxassisliklari uchun har yili ko‘pi bilan 10 ta (o‘n) stipendiya ajratadi;

–  istalgan soha bo‘yicha to‘liq doktorantura PhD dasturlari uchun ko‘pi bilan 60 ta (oltmish) stipendiya ajratadi;

– Jismoniy tarbiya universiteti (Vengriya) tomonidan taklif etiladigan aynan sport sohasidagi ta’lim dasturlarida o‘qish uchun ko‘pi bilan 20 ta (yigirma) stipendiya ajratadi.

Stipendiyalardan uch oydan o‘n oygacha bo‘lgan ta’lim dasturlari uchun ham foydalanish mumkin.

Yuqorida ko‘rsatilgan miqdordagi ta’lim grantlari 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab amal qiladi, hujjatlar qabuli, mavjud tartibga ko‘ra, 2022-yil noyabrdan boshlanib 2023-yil 15-yanvariga qadar bo‘lib o’tadi.

Murojaat uchun: JDPU Xalqaro hamkorlik bo‘limi tel:+99891 209-07-66.


Ulashish:
769
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.