Jizzax davlat pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari diqqatiga. Endilikda siz 2025-yil uchun e’lon qilingan YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti tanlovi ishtirokchisi bo‘lishingiz mumkin. Bunda siz inson hayotini yaxshilanishiga hissa qo‘shadigan ilmiy tadqiqot loyihalaringiz bilan ishtirok etish orqali 300,000 AQSH dollar pul mukofotiga ega bo‘lishingiz mumkin. Tanlovda qatnashish uchun keltirilgan havola orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishingiz hamda quyidagi zarur hujjatlarni taqdim etishingiz lozim: https://www.unesco.org/egip/account-reguest
– ariza varaqasi;
– nomzodning mukofot maqsadlariga qo‘shgan hissasi bo‘yicha (1000 so‘zdan
oshmagan) axborot;
– nomzodning ilmiy-amaliy faoliyati bo‘yicha qisqacha ma’lumot;
– nomzodning muhim 10 ta ilmiy nashrining ro‘yxati.
Arizalar 10-mart sanasiga qadar qabul qilinadi.
