Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
24/11/2024
Chop etish
DIQQAT E’LON

2025-o‘quv yilida Yaponiya hukumati hamda Yaponiyaning Nagoya shahar va Nagoya iqtisodiyot universitetlari tomonidan mazkur davlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun stipendiya tanlovini e’lon qiladi.

Ma’lumotga ko‘ra, nomzodlar respublika OTMlari o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari, talabalari qatoridan bo‘lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim hamda ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadilar.

Ushbu tanlovda (magistratura, doktorantura) ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalar va barcha zarur hujjatlarni ilova qilingan holda, onlayn tarzda taqdim etishlari kerak. Hujjatlarga ularning ingliz yoki yapon tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi kerak.

Mazkur stipendiya dasturlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot, shartlari va zarur hujjatlar ro‘yxati bilan quyidagi veb-sahifalarda tanishish mumkin:

https://www.pref.aichi.jp/soshiki/kokusai/aichi-scholarship-program.html;

https://admissions.g30.nagoya-u.ac.jp/admissions/graduateprograms;

https://www.nagoya-cu.ac.jp/english/study/information/scholarships/


Ulashish:
336
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.