Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/08/2020
Chop etish
CHET TILLAR FAKULTETI DEKANI VA GURUH SARDORLARI BILAN UCHRASHUV

Chet tillar fakulteti dekani prof. A.Mamatov 2020 yil 20 Avgust kuni Fakultet guruh murabbiylari, guruh sardorlari va guruhlardgai faol, iqtidorli talabalar bilan onlayn uchrashuv o`tkazdi.

Ushbu uchrashuv ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda bo`lib o`tdi. Dastlab, onlayn muloqotni Fakultet dekani prof. A.Mamatov kirish so`zi bilan boshlab barcha ishtirokchilarni kirib kelayotgan mustaqillik bayrami va yangi o`quv yili bilan tabriklab o`tdi. Fakultet dekani o`z ma`ruzasida yangi o`quv yiliga tayyorgarlik, talabalarning axloqiy-ma`naviy qiyofasi, kredit-modul tizimiga tayyorgarlik jarayoni hamda Mustaqilligimizning 29 yilligiga tayyorgarlik ko`rish masalalari borasida to`xtalib o`tdi.

Shundan so`ng, onlayn muloqotni  Fakultet Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari F.Usanov o`z taqdimoti bilan davom ettirdi.  F.Usanov o`z taqdimotida talabalarning ma`naviy qarashlari, pandemiya vaqtida ham axloq-odob qoidalariga doimo rioya qilishlari, institut miqyosida o`tkazilayotgan onlayn tanlov va tadbirlarda faol ravishda ishtirok etishlari haqida so`zladi. Talabalarning turli savollariga javob berdi.

 


Ulashish:
866
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.