Bugun korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Chunki poraxo‘rlik – hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan havfli jinoiy hodisalardan biridir. Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tagn tadbirda shu haqda so‘z bordi. Jizzax davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti tomonidan tashkillashtirligan tadbirda huquq tartibot idoralari vakillari hamda musulmonlar idorasi Jizzax viloyati bo‘limi xodimlari professor o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etdi. “ Agar korrupsiya hodisasi so‘ziga keng ma’noda yondashadigan bo‘lsak, bu shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas,-deydi Jizzax davlat pedagogika instituti yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha prorektor Sarvar Nazarqosimov, balki ma’naviy buzilish holatidir. Shunday ekan, mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’uldirlar” Shuningdek S.Nazarqosimov o‘z so‘zida barcha guruhlardagi sardor talabalarni faolroq bo‘lishga va poraxo‘rlik kabi jirkanch illatga birgalikda kurashishga chaqirdi. Bugungi kunga kelib respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi shakllandi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar loqaydlik, befarqlik, ikkiyuzlamachilik, tovlamachilik, firibgarlik, urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik, poraxo‘rlik kabi illatlar ko‘plab tashkilotlarda ham hali-hamon uchrayotganligini va bunday holatlariga yo‘l qo‘ymaslik uchunhuquq tartibot idoralari tomonidan muntazam ravishda profilaktik suhbatlar va tushuntirish ishlari olib borilayotganligini ta’kidlashdi. Xulosa o‘rnida shunday deymiz: Biz korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishimiz, barchamiz birga harakat qilmog‘imiz zarur. Bunda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsadi va ob’ekti sifatida alohida olingan korrupsioner emas, balki ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlarini bartaraf qilish va profilaktik oldini olish choralarida namoyon bo‘lishini anglagan holda harakat qilmog‘imiz lozim bo‘ladi.
Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati