Karera markazi
Karera markazi
|
06/10/2026
Chop etish
Bitiruvchi talabalar uchun ish beruvchilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetining Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim oliy maktabida bitiruvchi bosqich talabalarining ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Unda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi talabalarga mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar, hududlardagi bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish tartibi hamda kasbiy faoliyatni boshlash shartlari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining mas’ul xodimi Oybek Beknazarov, tizimdagi tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari kadrlar bo‘limi boshliqlari, «O‘zmilliybank» AJning «Kelajakka qadam» dasturi bo‘yicha mas’ul xodimi Oybek Ergashev, Boshqaruv samaradorligi agentligi Jizzax viloyati filiali bosh inspektori Zayniddin Beknazarov hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida hududda pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, ta’lim tashkilotlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va bitiruvchilarni ishga qabul qilish jarayonlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, talabalarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat yuritishi, kasbiy salohiyatini oshirishi va zamonaviy pedagogik ko‘nikmalarni egallashi muhimligi ta’kidlandi.

«O‘zmilliybank» AJning «Kelajakka qadam» dasturi doirasida bitiruvchilarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash, biznes loyihalarini amalga oshirish va mavjud moliyaviy imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha ma’lumot va amaliy tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshirish, ishga joylashishda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish, shaxsiy rivojlanish va kasbiy ko‘nikmalarni muntazam takomillashtirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob oldilar. Bitiruvchilarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash va ish beruvchilar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishildi.


Ulashish:
447
Boshqa rubrikalarda mashhur

Rahbar va yoşlar uçraşuvi:Ijtimoiy qöllab-quvvatlaş va teng imkoniyatlar
Jizzax davlat pedagogika universitetida Özbekiston Nogironlar jamiyati Markaziy boşqaruvi raisi Komiljon Abdullayev, iştirokida nogironligi bölgan talabalar bilan uçraşuv ötkazildi.
Payşanba-Rahbar va yoşlar uçraşuvi: Talabalar taşabbuslari qöllab-quvvatlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Payşanba — rahbar va yoşlar uçraşuvi» doirasida Amaliy fanlar pedagogika oliy maktabi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabalari iştirokida rektor...
JDPUda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talabalar klubi yig‘ilishi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi yig‘ilishi tashkil etildi.