Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/06/2022
Chop etish
“Donishmandlik mantiyasiga munosib bo‘ling”, -dedi rektor bitiruvchi magistrlarga

Kuni kecha Jizzax davlat pedagogika instituti magistrlari bilan tantanali “Oq yo‘l sizga magistrlar” nomli bitiruv marosimi tashkil etildi.

Tadbirda Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.Sharipov, bitiruvchi magistrlarnig ota-onalari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etidi.

Jizzax davlat pedagogika instituti retkori Sh.Sharipov bitiruvchi magistrlarni tabriklab, “ishonamanki, yaqin kelajakda orangizdan xalqaro ahamiyatga ega IT-kompaniya rahbarlari, olimlar,  vazirlik va idoralarda o‘zining fidoyiligi bilan ishlaydigan, jamiyat rivoji uchun   hissa qo‘shadigan rahbarlar, bolajonlarimiz qalbida odamiylik, mehr muhabbat urug‘ini qadaydigan ustoz pedagoglar yetishib chiqadi. Qaerda bo‘lmang kiygan libosingizga, donishmandlik mantiyasiga munosib bo‘lib qoling”, – dedi o‘z chiqishida.

Tadbir davomida tashkil etilgan ochiq muloqotda magistrlar ham so‘zga chiqib, o‘z navbatida, ustozlar va  institut  rahbariyatiga, ota-onalarga va mazkur oliygohda ta’lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, ilmiy-ta’limiy muhit uchun minnatdorchilik izhor etdilar. Shundan so‘ng 2 yil davomida jamoat ishlarida faol bitiruvchi magistrlarga institut rektori tomonidan tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Oliygohda 2022  yilda 20 ta mutaxassislik bo‘yicha jami 348 nafar yoshlar dissertatsiyalarni muvaffaqiyatli himoya qilib, “Magistr” unvoniga ega bo‘ldi.


Ulashish:
4 346
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.
Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...