Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/04/2021
Chop etish
 “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida mahallalarda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Inson oilada shakllanadi, kamol topadi, oila  esa mahallada o‘rin topadi, mahalla esa o‘z navbatida jamiyat negizini hosil qiladi. Ildiz qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyatni shunchalik yuksakka ko‘taradi. Ma’naviyat ko‘zgu, shu haqiqatni chuqur anglasakkina, atrofimizdagilarga singdira olsakkina, davlatimiz rahbari ta’kidlagan vazifalarni bajarishga sidqidildan yondashgan bo‘lamiz.

Bugun Jizzax davlat pedagogika instituti  Magistrlar bo‘limi professor –o‘qituvchilari ishtirokida “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida Sh.Rashidov tumanidagi “Qorayantoq” MFY da tadbir o‘tkazildi.

 

New FAQ

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Murojaatnomada so‘zlagan nutqining videoroligi namoyish qilindi. Shundan so‘ng 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasini ijrosini ta’minlash va “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturidagi belgilab berilgan vazifalarni keng jamoatchilik bilan muhokama qilindi.

 

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Murojaatnomasida “Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi” degan fikrlari haqida so‘z yuritilib, mahalla  hududidagi 35 umumta’lim maktabida hozirda faoliyat yuritayotgan to‘garaklar haqida axborot berildi. Yig‘ilish tashkilotchilari tomonidan mazkur maktablardagi to‘garaklar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek 11-sinfni bitiruvchi o‘quvchilari va ularning ota-onalariga Jizzax  davlat pedagogika institutidagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek tadbir davomida “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida biriktiriladigan professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilar bilan ishlarni tashkil qilish, ularga qanday ko‘mak berish, ulardan qanday yordam olish, ularning mahalla nufuzini ko‘tarishda qay darajada faol bo‘lishlari masalalari to‘g‘risida batafsil suhbat olib borildi. Tadbir so‘ngida targ‘ibotni mahalladagi yoshlar, xotin-qizlar o‘rtasida kuchaytirish lozimlgi xususida   kelishib olindi.


Ulashish:
1 054
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.