Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/02/2020
Chop etish
bir she’r tarixi …

                           Bilurmisan, sevgan kishiga Sodiq bo‘lmoq o‘zi saodat

                                                       (bir she’r tarixi )

Odatda ko‘pam muzeylarga boravermayman  yaqinda  bir tasodif tufayli X.Olimjon va Zulfiyaxonim muzeyini ziyorat qildim. Bilmadim bog‘dagi jimjitlikmi, nimadir meni shu muzeyga kirishga undadi…Kirdim…muzey ostonasidan kirishim bilan quloqlarim ostida  Botir Zokirovning  “Xayolimda bo‘lding uzzu kun,…” misralari bilan boshlanguchi taronasi yangray boshladi… negadir shu qo‘shiq chora atrofdan jarang sochayotgandek tuyuldi…ko‘nglimga qandaydir sokinlik bag‘ishlagan  ajib  hislarni uyg‘otgan muzey ostonasida  baxt, muhabbat, hijron sevgi va  vafo, sadoqat iforini tuydim …

Xayolimda bo‘lding uzun kun

seni izlab qirg‘oqqa bordim .

Och to‘lqinlar pishqirgan tunda,

Topib ber deb oyga yolvordim…

Mayin va  ko‘ngilda ajib hislarni uyg‘otguchu bu qo‘shiq barcha zamonda ham o‘lmas tarona bo‘lib qolaveradi. Bu she’rning yozilish tarixi ham o‘zgacha…dildan yozilgan dilga yetib boradi deyishgani rost  H.Olimjonning qizlari Hulkar opaning hikoya qilishlaricha ularning ukalari Omon tug‘ilish arafasida H.Olimjon Kavkaz safariga chiqadilar.Zulfiyaxonim og‘iroyoq bo‘lganliklari sababli safarda ularga hamrohlik qilaolmaydilar.Shoir safarda ekanliklarida Zulfiyaxonim tush ko‘radilar,emishki shoir rafiqalariga xiyonat qiladilar.Bu tushdan ta’sirlangan shoira Zulfiyaxonim darrov Kavkazga maktub yozib yuboradilar. Maktublariga esa ushbu she’riy javob keladi…

Xayolimda bo‘lding uzun kun,
seni izlab qirg‘oqqa bordim.
och to‘lqinlar pishqirgan tunda,
Topib ber, deb oyga yolvordim.
Ishon, bunda seni doimo
Esga solar chiroyli tunlar,
Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar,
Esga solur baxtiyor kunlar.
Toleimning oshinosi sen,
Sen sevgimning ko‘kargan bog‘i,
Sening bilan birga iqbolim,
Ishonchimning sen vafo tog‘i.
Meni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi.
Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib oy ham to‘ladi,
Kecha jimjit, yolg‘iz to‘lqinlar
Pishqiradi bilmay tinimni.
Hiylagar oy, sehrgar dilbar,
Solib qo‘yding yodimga kimni?…

Muzeyni aylanar ekanman shior va uning oilasiga tegishli ashyolar va haligacha kishini hayajonga solguchi o‘lmas bitiklarni o‘qib  ularda mana shunday buyuk qalb egalari sevgi, sadoqat , baxt, shodlik  kuychilari H.Olimjon va Zulfiyaxonim siymolarini ko‘rdimtasavvurim olislarga yetakladi…Tashqarida bahor epkini esmoqda ..bahor kirib kelmoqdaa …hademay shoir madh etgan o‘rik  oppoq bo‘lib gullaydi…uning go‘zalligi  ifori ko‘ngilga qanchalik orom bag‘ishlasa ikki go‘zal qalbning sevgi dostoni va ularning ash’orlari  bahorni sog‘inib unga talpingan  yuraklarda mangu yashaydi..

                                                                                                                                                                       Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

 


Ulashish:
5 412
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.