Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/02/2020
Chop etish
“Aziz va muqaddassan ayol…”

Boshlang‘ich ta’lim fakulteti  tomonidan o‘tkazilgan tadbir ana shunday nomlandi. Ayol deganda ko‘z oldimizga eng avvalo mo‘tabar onamiz, qadrli buvijonlarimiz,  munis opa-singillarimiz keladi. Ularga qancha e’tibor, g‘amxo‘rlik qilsak, quvontirishga urunsak baribir ozdir. Chunki, mana shu ayollar dunyoda yangidan-yangi chaqaloq yig‘isi eshitilishiga sabab bo‘layotgan zotlardir. Dunyoda shunday bir zot borki, uni xar kuni e’zozlasak ham, dillarini hushnud qilishga  urunsak ham uning haqqini ado eta olmaymiz. Bu onadir.

 Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari tomonidan  tashkillashtirilgan badiiy kecha Boshlang‘ich ta’lim fakultetida faoliyat olib borayotgan ana shunday munis va mushfiq ayollarimiz sharafiga bag‘ishlandi. Tadbirda kasbiga fidoiy, namunali,  samimiy, zukko ustozlar  va talaba qizlar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

                                                                                                                                                                                              Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

 


Ulashish:
966
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.