Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti

***************************************** AXBOROT XATI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlariga asosan, Jizzax davlat pedagogika institutida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etilmoqda. “Innovations and Teaching Practices in English Language Learning” (Ingliz tilini o‘rganishda innovatsiyalar va o‘quv amaliyoti) mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 2019 yil 15-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Anjuman quyidagi sho‘balar bo‘yicha faoliyat olib boradi: 1.Chet tilini o‘rganishda til xususiyatlarining o‘rni va muammolari, til va madaniyatlararo muloqot metodlari; 2. Yoshlarda chet tilini egallash darajalarining Yevropa tizimi (SEFR)ni o‘rganishning o‘rni; 3. Til o‘rganuvchilarga chet tilini o‘rgatishning psixologik aspektlari; 4. Xorijiy tillarda o‘quv va badiiy adabiyotlar, maqolalar, elektron darsliklarni yaratish hamda chop etish samaradorligini oshirish; 5. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalari, uslubshunos olimlarning ilg‘or tajribalarining roli. 6. Globallashuv davrida milliy madaniyat va til tasviri muammolari. 7. Ingliz tilini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘rni.

Maqola matni 2-3-4 bet hajmda, 1,5 intervalda, 14 kegel kattalikda, chapdan 3sm, o‘ng tomondan 2sm, yuqoridan 2,5sm, quyidan 2sm, kompyuterning Microsoft Word (coxranit kak Word 97-2003) muharriri, Times New Roman shriftida yozilgan, qog‘ozda hamda elektron variantda topshirilishi kerak. Havolalar matn ichida kodlashtirilgan [1; 65] tarzda berilishi lozim. Maqolalar o‘zbek, ingliz va rus tillarida qabul qilinadi. Ilmiy maqolalarni quyidagi telegramm (91)1961514 va jabbarova_anora86@mail.ru, jabbarova.anora86@gmail.com orqali yuborilishi mumkin.

Maqolalarni taxrir qilish, sertifikat va nashr harajatlari uchun xar bir maqolaga oldindan 40 000 so‘mdan (8600332908099249 plastik karta raqamiga) badal puli to‘lanadi. Talabga javob bermaydigan maqola va tezislar to‘plamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Maqolalarni qabul qilish muddati 2019 yil 10 martgacha. Manzil: Jizzax shahar, Sh.Rashidov shox ko‘chasi, 4-uy, Jizzax DPI, Chet tillar fakulteti, Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi. Murojaat uchun telefonlar: (91) 196 15 14 (Jabborova Anora)