Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
09/02/2026
Chop etish
Aniq fanlar fakultetida korrupsiyaga qarshi huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.

Joriy yilning 9-fevral kuni Aniq fanlar fakultetining 1-bosqich talabalari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Seminar davomida talaba-yoshlarga Virtual akademiya elektron platformasining o‘quv imkoniyatlari batafsil tushuntirildi. Shuningdek, korrupsiyaning mazmuni, uning turlari, ushbu holatlar uchun belgi

 

Tadbirda o‘tgan sessiya jarayonida ayrim talabalar tomonidan akademik insofsizlik, xususan, ko‘chirmachilik holatlari kuzatilgani tanqidiy tahlil qilindi. Bunday xatti-harakatlar, avvalo, talabaning o‘ziga ziyon yetkazishi, o‘z kelajagiga nisbatan mas’uliyatsizlik va o‘ziga xiyonat ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, talabalarga turli firibgarlik sxemalaridan ogoh bo‘lish, halollik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligi uqtirildi.

Seminar-treningda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi qarori mazmuni ham tushuntirib o‘tildi.

Bundan tashqari, universitetda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi faktlari haqida xabar berish uchun mo‘ljallangan tezkor aloqa kanallari, jumladan, 👉 https://t.me/jdpuantikorrklub/2555 orqali murojaat yo‘llash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.


Ulashish:
3 704
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali bo‘lib o‘tdi
Jizzax shahridagi “Yoshlar shaharchasi”da bo‘lib o‘tgan festivalda poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Jizzaxda “Vatanparvarlik paradi” tantanali ruhda o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax shahrida “Vatanparvarlik paradi” yuqori saviyada tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida ijodiy imtihonlar davom etmoqda
Ijodiy (kasbiy) imtihonlarning ikkinchi kunida abituriyentlar Musiqa ta’limi hamda Sport faoliyati: dzyudo ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etmoqda.