Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/06/2022
Chop etish
Anastasiya Nam iqtidorli talabalarga taqdimot o‘tkazdi.

«O’zbekiston Talabalar Almanaxi» taqdimot marosimida publisistika yo’nalishi bo’yicha Uvaysiy she’rlarini mahorat bilan ingliz tiliga tarjima qilib,  O’zbekistonning top-100 likdagi lider talabari safiga kiritilgan Chet tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti yo’nalishi III kurs talabasi Anastasiya Nam institutning iqtidorli talabalariga “O‘zbekiston Talabalar Almanaxi”, top-100 likdagi lider talabalar safiga kirish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim” mavzuida taqdimot o‘tkazdi. Taqdimotni oliygohning Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor G‘.Qodirov ochib berdi. U o‘z so‘zida iqtidorli talabalarimizdan biri Anastisiya Namning Slovakiya davlatiga  grant yutib olgani va bir semestr davomida u yerda bepul o‘qish huquqini qo‘lga kiritganini aytib o‘tdi. Shuningdek bunday imkoniyat har bir talabada bor ekanligini buning uchun esa faqatgina bilim olish, o‘zidagi iqtidorlarni yuzaga chiqarish uchun harakat qilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Taqdimotda ishtirok etgan talabalar ham Anastisiya Namni yutuqlari bilan tabriklab, bu kitobning bizning institutdailk qaldirg‘och ekanligini va bu ana’nani davom ettirish  uchun bor imkoniyatlarin ishga solishlari haqida fikr bildriishdi. Savol javoblar, do‘stona muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan taqdimot kutilgan samarani berishi  bilan bir qatorda talabalarga katta motivatsiya beradi.

 


Ulashish:
830
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.