Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/12/2020
Chop etish
“Adolat va qonunimiz ustivorligi qomusimiz bosh maqsadidir”

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda.  Ushbu tantanali bayram O‘zbekiston bo‘ylab barcha o‘quv dargohlari, tashkilot va muassasalarda keng nishonlanmoqda.

 

Shu munosabat bilan  2020 yil 7 dekabr kuni A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yillik bayrami munosabati bilan  “Bu aziz Vatan barchamizniki” shiori ostida  tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda institut  professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdi.

 

Tadbirni oliygoh rektori Sh.S.Sharipov  ochib berib,  davlatimiz mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo‘lib kelayotganligini ta’kidlab Konstitutsiya bayrami bilan barchani muborakbod etdi.Shundan so‘ng  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yillik bayrami munosabati bilan  sportning  shaxmat-shashka, voleybol,mini futbol turlari bo‘yicha tashkillashtirilgan “RektorKubogi” musobaqalida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamolar  taqdirlandilar:

Shundan so‘ng Sa’natshunoslik fakulteti badiiy xavaskorlik jamoasi  tomonidan tayyorlangan konsert  dasturi ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.


Ulashish:
1 050
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Yoshlik fasli” milliy liboslar namoyishi doirasida universitet malikası aniqlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida bayram tantanalari doirasida yoshlarni milliy va madaniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy meros va an’analarga hurmatni oshirish maqsadida “Yoshlik fasli” milliy...
Payshanba — Yoshlar kuni doirasida faxriylar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.
Payshanba — Yoshlar kuni doirasida universitet Nuroniylar kengashi tashabbusi bilan faxriylar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.