Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
08/02/2019
Chop etish
Alisher Navoiy –buyuk mutafakkir va davlat arbobi

Joriy yilning 7 fevral kuni Jizzax davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazining majlislar zalida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi, Jizzax harbiy garnizoni ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida buyuk mutafakkkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy –buyuk mutafakkir va davlat arbobi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi, Jizzax harbiy garnizoni ma’naviyat va ma’rifat markazi, institut axborot-resurs markazi xodimlari va viloyat OAV xodimlari, viloyat musiqali drama teatri vakillari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdi.

Tadbirni viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari B. To‘xtamishev kirish so‘zi bilan ochib: “Ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri A. Navoiy butun umri davomida adab ahliga rahmano va homiylik qilib kelganligi bilan o‘rta asr o‘zbek va fors-tojik adabiyotida, madaniy hayotida chuqur iz qoldirgan”, -deya ta’kidladi.

So‘ngra, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik U. Do‘smatov so‘zga chiqib: “A.Navoiyning bebaho va barhayot ijodiy merosi, badiiy tafakkur durdonalari asrlar osha e’tiborli e’zoz olib kelmoqda. Mustaqillikka erishgach, barcha ulug‘ allomalarimiz qatori hazrat ijodi va hayotini o‘rganishga bo‘lgan e’tibor yanada ortdi. Shoir tavalludining 578 yilligiga bag‘ishlab joylarda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yana bir karra o‘z e’tirofini topmoqda” deya fikr bildirdi.

Tadbirda O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘qituvchisi, dotsenti U.Qosimov ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida: “Navoiy buyuk shoir va mutafakkir zot. Bu haqiqat quyoshday barchaga ayon. Quyoshning ta’rifini takrorlayverish esa shart emas. Ammo ana shu buyuklik qudrati har bir asarda namoyon bo‘lishini tahlil qilib ko‘rsatish, ma’nolar jilosini anglash va undan huzurlanish, albatta foydalidir”,-dedi.

Tadbirda JDPI ARM xodimlari tomonidan tayyorlangan “She’riyat mulkining sultoni” mavzusidagi adabiyotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Mazkur ko‘rgazmaga qo‘yilgan adabiyotlarni ARM xodimasi M. Bobonazarova qisqacha sharhlab berdi.

Tadbir so‘ngida Jizzax harbiy garnizoni kursantlari va viloyat musiqali drama teatri vakillari mavzuga doir adabiy-musiqiy chiqishlarini namoyish etdilar.


Ulashish:
1 996
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda jamoa shartnomasi ijrosi muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi bajarilishi yakunlari yuzasidan mehnat jamoasi konferensiyasi o‘tkazildi.
JDPU rektori “Ziyokor” qizlar va o‘g‘il bolalar basketbol jamoasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda musobaqalar jarayonidagi reyting nazoratlari, jamoaning so‘nggi natijalari va har bir o‘yinchining o‘yin faoliyati tahlil qilindi.
JDPU rektori maktablarning bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jizzax shahridagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 31 nafar faol bitiruvchi o‘quvchilar dastlab universitetda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.