Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

4K MODELI ASOSIDA YARATILGAN YANGI AVLOD DARSLIKLARINING FUNDAMENTAL MAZMUNI VA MANTIQIY USTUNLIKLARI

Kenjayeva Sanobar Ibragimovna – Jizzax davlat pedagogika universiteti o’qituvchisi (+998974356979) Insoniyatning, millatlarning madaniy-ma’rifiy taraqqiyoti nechog’li katta ahamiyatga ega ekanligini belgilovchi  mezon – ular yaratgan kitoblardir. Deyl Karnegi Annotatsiya. Mazkur maqolada umumta’im maktablarining 1-4-sinf o’quvchilari uchun 2023-2024-o’quv yilida amalda foydalanilayotgan 4K modeliga asoslangan Yangi avlod darsliklari va xuxusan, matematika darsligining yaratilish maqsadlari, tuzilishi va mazmuni haqida keng ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, yangi darslik bo’yicha pedagogika oliygohi talabalari va maktab o’qituvchilarining umumiy fikrlari hamda darslikka bo’lgan munosabatlari bildirilgan so’rovnoma natijalari e’lon qilingan.                 Аннотация. В данной статье освещается широкое понимание целей, структуры и содержания создания нового поколения учебников по математике для учащихся 1-4 классов общеобразовательных школ на основе модели 4K, применяемой на практике в 2023-2024 учебном году. Также были опубликованы результаты опроса студентов педагогических вузов и учителей школ по новому учебнику, в котором выражено их общее мнение и отношение к учебнику. Annotation. This article highlights a broad understanding of the goals, structure and content of creating a new generation of mathematics textbooks for students in grades 1-4 of secondary schools based on the 4K model used in practice in the 2023-2024 academic year. The results of a survey of students of pedagogical universities and school teachers on the new textbook were also published, which expressed their general opinion and attitude to the textbook. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-dekabrdagi 726-son qaroriga muofiq bugungi kunda darslik va o‘quv-metodik majmualar sifatiga qo‘yilayotgan talablarning ortishi ularni yaratish jarayoniga matbaa sohasining so‘nggi yutuqlarini qo‘llash, o‘quvchilarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz, foydalanish uchun qulay bo‘lgan matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarish, ushbu faoliyatni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish zaruratini yuzaga keltirmoqda. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoniga muvofiq maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus hamda professional ta’lim sohasida foydalaniladigan matbaa mahsulotlarining xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarni belgilash, foydalanuvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, shuningdek, nashr etilayotgan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning matbaa sifatini ilg‘or xorijiy tajriba asosida yanada oshirish maqsadida hamda ushbu farmonning 1-bandiga muvofiq dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, o‘quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilab qo’yilgan[1]. Ushbu bandga ko’ra va 4K modeliga asoslangan innovatsion yondashuv metodologiyasi (bu-bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan bo‘lib, quyidagi asosiy kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi: kollaboratsiya, kommunikatsiya, kreativ fikrlash va kritik fikrlash o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantiradi)  inobatga olinib 2023-2024-o’quv yilida 1-4 -sinflar uchun yaratilgan yangi zamonaviy maktab o’quv  darsliklari yaratildi.   Maktablardagi sifatli taʼlim ko‘p jihatdan yaratilayotgan darsliklarga bog‘liq. Yaʼni u taʼlim standartlariga javob berish bilan birgalikda o‘quvchini qiziqtirish va fanga bo‘lgan mehrini uyg‘otishi kerak. Boshlang‘ich sinf darsliklarining tubdan yangilangani nafaqat o‘quvchi va ustozlarni, balki ota-onalarni ham quvontirdi. Ammo ular borasidagi tanqidiy fikrlar ham yo‘q emas. Xo‘sh, 2023/2024-o‘quv yilida taqdim etilgan darsliklar avvalgilaridan nimasi bilan farq qiladi? Bu savolga javob olish maqsadida soha mutaxassislarining fikri bilan tanishamiz. Ushbu darsliklar haqida mutaxassislar fikri quyidagicha bayon etiladi. — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 726-qaroriga muvofiq taʼlim muassasalarining matbaa mahsulotlari texnik reglament asosida ishlab chiqariladi. Yangi boshlang‘ich sinf darsliklari ana shu texnik reglamentning eng maksimal darajasidan ham yuqori sifatda ishlab chiqarilgan. Bu o‘z navbatida darslikdan uzoq yil foydalanishga sabab bo‘ladi. Ular sifati va chidamlilik darajasi bo‘yicha Yevropa poligrafiyasi standartlariga to‘liq javob beradi. Darslikning vazni, o‘lchami, shriftlari bo‘yicha reglament tasdiqlangan va shu talablardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarilgan, — deydi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Vohid Hamidov, shuningdek, yangi darsliklarni yaratishda bolalar psixologiyasi ham, darsliklarni ishlab chiqishda bolalar ruhiy holati ham hisobga olinadi. Ularda ijodkorlar va fikrlash qobiliyatini oshirish uchun rasmlar va illyustratsiyalardan keng foydalanilgan. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bola matnlarga nisbatan, tasvirlar orqali maʼlumotni tezroq qabul qiladi. Shu bois yangi darsliklarni yaratishda matnlar bilan birga, rangtasvirlarga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Yangi darsliklarda oltita grafik qahramonlar bor. Ular dars jarayonida o‘quvchilar bilan g‘oyibona suhbatlashishi haqida ham taʼkidlab o‘tgan. Yangi darsliklar hayotiyligi va jamoa bo‘lib ishlashni oshirishi haqida hamda aslida matematikada faqat misol va masalalar emas, balki to‘g‘ri qaror qabul qilish ham muhim ahamiyatga ega. Buning uchun o‘quvchi mantiqiy va tanqidiy fikrlashi kerak. Kitobda shunday o‘yinlar borki, ular o‘quvchini jamoaviy bo‘lib ishlashga o‘rgatadi. Jamoada o‘z fikrini ifodalay olishi esa bolada liderlik qobiliyatini oshiradi. Avvalgi darsliklarda pul bilan bog‘liq mavzular yo‘q edi. 3-sinfning matematika darsligiga esa ana shunday mavzu ham kiritilgan. Undagi masalalar hayotiy misollar bilan berilgani esa o‘quvchini yanada qiziqtiryapti. Ular nafaqat pulning son qiymatiga, balki uni qayerda ishlab chiqarilishi va unda nimalar tasvirlanganiga ham eʼtibor berishadi, — deydi oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Norgul Ikromova[2]. Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda darsliklar borasidagi tanqidiy fikrlar uchrab turibdi. Baʼzi ota-onalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan matematika darsliklarining o‘ta murakkabligi, undagi masalalar ota-onalar uchun ham qiyinlik qilayotgani haqida yozishmoqda. Bu borada soha mutaxassislarining fikri qanday? Biz ayrim o’qituvchilar va ota-onalar e’tiroz bildirishi mumkin bo’lgan ba’zi umumiy omillarning taxminiy misollarini keltirib o’tamiz:
  • o’qituvchilar va ota-onalar ko’pincha o’zlariga tanish bo’lgan o’qitish va o’rganishning muayyan usuliga o’rganib qolishadi. O’zgarishlar kiritilganda, bu ularning komfort zonasidan chiqishini va yangi yondashuvlarga moslashishni talab qiladi. Bazi insonlar o’zgarishlarga toqat qilolmaydilar va jarayon shunchaki o’z holida qolishini afzal ko’radilar, shu sabab yangi o’zgarishlarga qarshilik ko’rsatishi mumkin;
  • ta’lim sohasidagi yangiliklar bazilar uchun vahimali ko’rinadi, ayniqsa o’quv darsliklaridagi o’zgarishlar va tubdan yangilanish. O’qituvchilar va ota-onalar yangi darslik va o’qitish usullarining samaradorligi o’quvchilarni kelajakdagi qiyinchiliklarga yetarli darajada tayyorlay oladimi yoki yo’qmi? shu haqida ularning tashvishlanishlari ham kutiladi. Ular o’zimizda hali sinovdan o’tmagan usullar o’quvchilarning bilim olishlarida ko’p muammolarga duch kelishlari mumkinligidan xavotir oladilar;
  • yangi darsliklar va o’qitish usullarini joriy etish ko’pincha o’qituvchilarning malakasini oshirish va kop izlanishini talab qiladi. Agar o’qituvchilar bu jarayonni yaxshi o’zlashtira olmasalar, yanada kattaroq muammolar ichida qolishi mumkin. Shuningdek, to’g’ri yo’l-yo’riqsiz yangi usullarni samarali qo’llay olish qobiliyatlarini ishga tushirish qiyinligidan bezovta bo’lishi mumkin;
  • darsliklarni yangidan loyihalashda ba’zan o’quv dasturi avvalgi o‘qitilayotgan o’quv dasturidan mazmun jihatidan tubdan farq qilishi mumkin. O’qituvchilar va ota-onalar agar ular yangi material noto’g’ri tuzilgan yoki kerakli darajada nazariy bilimlar berilmagan deb hisoblasa ham e’tiroz bildirishlari mumkin. Shuningdek, yangi darsliklarning sifati, ishonchliligi va texnik xatolari haqida ham muhokama qilishlari mumkin;
  • o’qituvchilar va ota-onalarda ko’pincha vaqt tanqisligi kuzatilib, ular o’zlari o’rnatgan tartib-qoidaga va odatlarga o’rganib qolishgan. Ayniqsa, o’qituvchilar uchun o‘qitishning yangi usullarini joriy etish va yangi ishlab chiqilgan darsliklardan foydalanish dars rejalarini moslashtirish, yangi materiallar to’plash va yangi o‘qitish strategiyalarini ishlab chiqish uchun qo‘shimcha talablar qo’yiladi. Bu esa o’qituvchidan qo’shimcha bilim, mehnat, kuch, vaqt va qunt talab etadi. Shu tufayli qarshiliklar kelib chiqishi mumkin, chunki bu qo’shimcha yuk sifatida qabul qilinadi;
  • maktab tizimi va eski darsliklar ko’pincha bir xil tartibdagi nazariy bilimlarga tayangan bo’lib, bu doim takrorlanadigan holga aylangan. Osongina bunday o’qitish usuli va darsliklar bilan ta’lim olayotgan o’quvchilarda u qadar yuqori natijalar bo’lmasada, hammaga birdek yoqqan desak mubolag’a bo’lmaydi. O’qituvchilar yillar davomida qo’llanilgan ba’zi darsliklarga yoki o’qitish usullariga shaxsiy va hissiy jihatdan juda o’rganib qolishgan. Shu tufayli yangi darslik ular uchun an’analardan voz kechish sifatida qabul qilinmoqda;
  • yangi darslikda berilgan ma’lumotlar, hajmi u qadar katta bo’lmasada, unda berilgan topshiriqlar sonining ko’pligi va har xilligi, biri boshqasini takrorlamasligi hamda mashq va masalalarning eski darslikdagi qiymatiga ko’ra ancha qimmatligi, ya’ni ancha yuqori saviyali bilimlarni, teran fikr va tafakkurni talab etishi, ularning yechimini topa olmagan taqdirda ancha vaqtni talab etishi, har bir mavzu yuzasidan qo’shimcha hayotiy yondosh mavzularning berilganligi va berilgan vazifaning yechimi aniqlikni talab etishi kabi ko’plab yangicha ko’z qarashlarni targ’ib etuvchi omillar ham e’tirozlarga sabab bo’lishi mumkin;
  • har bir dars o’qituvchidan yangicha metodikani talab etadi. O’qituvchi bir xillikdan qochib har bir darsga o’zgacha tayyorgarlik bilan kelishini va bu dars zamonaviy interaktiv usullar asosida o’tilishini hamda kerakli ko’rgazmali qurollar bilan ta’minlanishini taklif va talab etadi. Chunki darslikning o’zida aynan bu kabi usullarga tayyor topshiriqlar keltirilgan. Undan foydalanmaslikning iloji yo’q. Quyida keltirilgan ayrim metodlar shular jumlasidandir.‌
    Shuni aytish kerakki, darsliklar va o’qitish usullarining o’zgarishiga hamma o’qituvchilar va ota-onalar ham e’tiroz bildirmayabdilar. Bu albatta, quvonarli. Ko’pchilik innovatsiyalarga ochiq va tez o’zgaruvchan dunyoda o’quvchilarning o’zgaruvchan ehtiyojlarini qondirish uchun ta’limni moslashtirish zarurligini tan oladi. O’zgarishlarni va yangi darsliklarni zamon talabi darajasida zarurligini tushunib yetib, o’quvchilar bilimini yuksak sifatli  bo’lishini ta’minlashni asosiy maqsad sifatida qarashni oliy maqsad qilgan har bir o’qituvchi va ota-ona duch kelayotgan muammolarga oqilona yondashib, to’g’ri yechim topsalar yangi dasrliklar haqidagi tashvishlari o’rinsiz ekanliklarini tushunib yetadilar. Albatta, bunday vaziyatda maktab ma’muriyati, o’qituvchilar va ota-onalar hamkorlikda ishlashlari va bir ovozdan qaror qabul qilishlari katta ahamiyatga ega. Quyidagi struktura asosida.   MAKTAB                                                                                                    O’QITUVCHI       HAMKORLIK VA NATIJA         O’QUVCHI     MAKTAB MA’AMURIYATI                                                                           OTA-ONA       Bugungi kunda bir necha dunyo mammlakatlari maktab ta’lim tizimida qo’llanilayotgan matematika darsliklarining mazmuni haqida ma’lumotlar keltiramiz. Boshlang‘ich sinf matematika darsliklari har bir mamlakatda bir-biridan farq qiladi va har bir davlatning o‘ziga xos yondashuvi va afzalliklari bor. Buyuk Britaniya, AQSH, Rossiya, Singapur, Finlyandiya va Janubiy Koreyadagi boshlang‘ich sinf matematika darsliklarining boshqa mamlakatlarga nisbatan bir qancha ustunliklari mavjud. Shu tufayli quyida bu davlatlar boshlang’ich sinf matematika darsliklari qanday xususiyatlarga asoslanganligini ko’rib chiqamiz. Buyuk Britaniya: Muammolarni yechishga urg‘u beradi.  Ingliz tilidagi boshlang‘ich sinf matematika darsliklarida ko‘pincha muammoni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirishga, o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga va matematik tushunchalarni real vaziyatlarda qo‘llashga undaydi. Balanslangan o’quv dasturi. Angliyadagi darsliklar protsessual ravonlik va kontseptual tushunish o’rtasida muvozanatni saqlashga qaratilgan bo’lib, o’quvchilarda hisoblash ko’nikmalarini va matematik tushunchalarni chuqur tushunishni ta’minlaydi. Amerika Qo’shma Shtatlari: Amaliy qo’llanmalar. Amerikaning boshlang’ich sinf matematika darsliklarida ko’pincha o’quvchilarni jalb qilish va matematikaning real hayotda dolzarbligini ko’rsatish uchun matematik tushunchalarning amaliy qo’llanilishi kiradi. Ko’p yondashuvlarga e’tibor qaratadi. Qo’shma Shtatlardagi darsliklar o’quvchilarni turli strategiyalar yordamida muammolarni hal qilishga undaydi, muammolarni hal qilishda moslashuvchanlik va ijodkorlikni rag’batlantiradi. Rossiya: Qat’iy mazmun. Rus tilidagi boshlang’ich sinf matematika darsliklari o’zining qat’iy mazmuni va talabchan muammolar to’plami bilan mashhur bo’lib, o’quvchilarni analitik fikrlashga va kuchli matematik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga undaydi. Mantiqiy fikrlashga urg‘u beradi. Bu darsliklarda ko‘pincha mantiqiy fikrlash va deduktiv fikrlashga urg‘u beriladi, bu esa o‘quvchilarda muammoni yechishda tizimli yondashuvni shakllantirishga yordam beradi. Singapur: Konkretdan mavhumga yondashuv. Singapurning boshlang’ich sinf matematika darsliklarida mavhumroq tasavvurga o’tishdan oldin o’quvchilarga matematik tushunchalarni tushunishga yordam berish uchun ko’rgazmali qo’llanmalar va manipulyatorlardan foydalangan holda konkretdan mavhumgacha yondashuv qo’llaniladi. Muammolarni yechish evristikasiga e’tibor qaratish. Singapur darsliklarida muammoni yechishning evristikasi, masalan, model chizish va shtrix usuli o‘rgatiladi, ular o‘quvchilarga murakkab masalalarni yechishda tizimli yondashuvlarni taqdim etadi. Finlyandiya: O’quvchilarga yoʻnaltirilgan taʼlim. Finlyandiyaning boshlangʻich sinf matematika darsliklari koʻpincha oʻquvchilarga yoʻnaltirilgan taʼlimni targʻib qiladi, oʻquvchilarni matematik tushunchalarni mustaqil oʻrganishga va tengdoshlari bilan hamkorlik qilishga undaydi. Haqiqiy kontekstlarning integratsiyasi. Bu darsliklar ko‘pincha real hayotiy kontekstlarni va fanlararo aloqalarni o‘zida mujassamlashtirib, matematikani o‘quvchilar uchun yanada dolzarb va mazmunli qiladi. Janubiy Koreya: O’zlashtirishga asoslangan o’rganish. Koreyaning boshlang’ich sinf matematika darsliklarida o’zlashtirishga asoslangan o’rganishga urg’u berilgan, keng ko’lamli amaliyot va matematik ko’nikmalar va tushunchalarni mustahkamlashga katta e’tibor qaratilgan. Tizimli rivojlanish. Koreyadagi darsliklar mavzularning yaxshi tuzilgan progressiyasiga ega bo’lib, bir tushunchadan ikkinchisiga muammosiz o’tishni ta’minlaydi va matematikaning keying bosqichlariga uchun mustahkam poydevor yaratadi. [3,4,5,6,7,8,9] Shuni ta’kidlash kerakki, bu ma’lumotlar umumiy kuzatishlarga asoslanadi. Bu mamlakatlarning ta’limdagi yutuqlari dumyo miqyosida ancha ko’zga tashlanganligi bois tanlab olindi. Bundan tashqari, yana ko’plab mamlakatlarning maktab o’quv darsliklarida bir necha ustunliklarni kuztish mumkin, buning asosida eng maqbul variantlar jam bo’lgan boshlang’ich sinflar uchun yangi darslik yurtimiz ta’lim tizimida joriy etilib 4K modeli negizida o’qitish kiritildi. Demak, aytish mumkinki, 2023-2024-o’quv yilida ishlab chiqilgan boshlang’ich sinflar uchun “Yangi avlod” darsliklari bir necha davlatlar tajribasida sinovdan o’tgan va bugungi kunda eng samarali deb topilgan usullar asosida yaratilgan. Shuningdek, o’quvchilarga fan bilan bir paytda, real hayotiy saboqlarni ham o’rgatililadi va o’quvchilarning  har qanday vaziyatda masalaga ijodiy yondashib, tanqidiy fikrlash orqali muammolarni yechish hamda hamkorlikda ishlash, to’gri qarorlarni qabul qilish qobiliyatlari rivojlantiriladi. Eski darslik asosida 1-sinfda matematika darsini o’tishda birinchi darslardanoq o’quvchilarning yozish konikmasini shakllantirilar edi, ya’ni chiziqcha, nol, bir yoki shakllar chizmasisni yozishni o’rgatilar edi. Bu esa o’yinqaroq bolajonlarni bog’cha tushunchasidan so’ng hali maktabning yangi muhitiga ko’nikmasidan turib yozishga majbur etardi. Sababi, bolalarning hammasi ham har xil sharoitga tezda ko’nikib ketish qobiliyatiga ega emas ekanligi va o’zini hali o’tirgan sinfiga, yangi o’qituvchisiga, notanish sinfdoshlariga va qator partaga moslashib ulgurmaganligi, shuningdek, ular kuchli hayajonda ekanligidadir. Bunday vaziyatda, o’quvchi shoshib, noqulay ahvolda daftarga xunuk va xato yozishi mumkin. Natijada, u o’zini boshqa tengdoshlaridan ortda qolayotganday sezadi va o’ziga bo’lgan ishonchi so’nib boradi. Bu kabi kamchilik va misollarni ko’plab keltirish mumkin. Shunday ekan, boshlang’ich sinfda o’quvchining avval yozish ko’nikmasini emas, o’z-aro tanishuvlar, og’zaki gapirish, nutq madaniyati, o’zini erkin tuta olishi, avval(bog’chada) o’rganganlari asosida fikrlay olishi, berilgan savollarni tushunib, anglay olishi, savolga mos to’g’ri javobni o’ylab topib aniq ayta olishi, har xil vaziyatlardan chiqib keta olishi, mantiqiy fikr yuritib, mulohaza qilib, buyumlarning o’lchami, hajmi va boshqa sifatlariga ko’ra ajrata olishi hamda o’zlari ko’p marta ko’rgan, eshitgan, yoqtirgan ertak qahramonlari bilan yaqindan tanishib, ularning roli va har bir qahramonning bajargan vazifasini tahlil qila olishlari kabi  barcha matematikaga oid bo’lgan jarayonlarni o’z ichiga oluvchi, real hayotda duch kelishi mumkin bo’lgan vaziyatlarni aks ettiruvchi, rasmlar,grafiklar,  jadvallar, o’yinlar ko’rinishida berilishi va boshq ko’plab diqqatni jamlovchi topshiriqlar jam bo’lgan, o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini oshiruvchi yangi o’quv darsligini yaratish zaruriyati bor edi va albatta, bu ish amalga oshdi.  Yangi avlod boshlang’ich sinf darsliklari 2023-2024-o’quv yilida maktab o’quvchilariga taqdim etildi. Yangi darslik aynan bugungi kunda dolzarb mavzu sanalgan, rivojlangan dunyo mamlakatlari ta’lim tizimi tajribalariga tayanib, eng ilgor texnologiyalardan foydalangan holda yaratildi va quyidagilarni o’z ichiga qamrab oldi:
  • o’quvchilarning yosh fiziologiyasi;
  • qiziqishlari;
  • qobiliyatlari;
  • tasavvurlari;
  • turli qiziqarli o’yinlar;
  • ko’nikma va malakalar;
  • eshitish, tushunish, aytish, yozish;
  • ko’rish, chizish, bo’yash;
  • kreativlik;
  • tanqidiy fikrlash;
  • muammoni hal etish;
  • hamkorlikda ishlash;
  • tafakkur qilish;
  • erkin muloqot qilish;
  • o’ziga ishonchi ortishi;
  • boshqalar fikrini tinglash va hurmat qilish;
  • solishtirish va tahlil qilish;
  • to’g’ri qarorlar qabul qilish;
  • pul va daromad haqida tushunishlar;
  • fanlar integratsiyasi;
  • assosiasia;
  • reallik, hayotiylik;
  • amaliylik kabi ko’plab bilimlar va amaliyotlar o’quvchining darsda olgan bilimlarini real hayotda qo’llashga qaratilgan.[10,11,12,13,14,15,16]
Boshlang’ich sinf matematika fani yangi darsligi nashri quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi:
  1. Yangilangan oʻquv rejasi. Taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari koʻpincha vaqt oʻtishi bilan yangi tadqiqotlar, pedagogik yondashuvlar va jamiyat ehtiyojlarini aks ettirish uchun rivojlanadi. Matematika darsligining yangi talqini eng soʻnggi oʻquv dasturlari koʻrsatmalariga mos kelishi, mazmuni oʻqituvchilar, o’quvchilar va taʼlim tizimi uchun dolzarb boʻlishini taʼminlaydi.
  2. Takomillashtirilgan pedagogika. Yangi darslik o‘quvchilarning faolligini, tushunishini va eslab qolishini kuchaytiruvchi innovatsion o‘qitish metodologiyalari, o‘qitish strategiyalari yoki o‘quv resurslarini o‘z ichiga olish va o’qituvchilarga matematik tushunchalarni qanday taqdim etish, aniq tushuntirishlarni va samarali o’quv faoliyatini qo’llash bo’yicha yangi istiqbollarni taqdim etadi.
  3. Xilma-xillik va inklyuzivlikka e’tibor qaratish. Yangi talqin madaniy jihatdan sezgir va inklyuziv tarkibni kiritish orqali xilma-xillik va inklyuzivlikni ko’rib chiqishga qaratilgan. U matematikani o’qitishda inklyuzivlik va tenglikni targ’ib qiluvchi, turli xil o’quvchilarning tajribasini aks ettiruvchi misollar va stsenariylarni o’z ichiga olgan.
  4. Aniqlik va qulaylik. Yangi darslik matematik tushunchalarni aniq, qisqa va tushunarli tarzda taqdim etib, tushunishni osonlashtirish uchun ko’rgazmali qo’llanmalar, diagrammalar yoki interfaol elementlarni o’z ichiga oladi, ayniqsa vizual yoki amaliy yondashuvlar orqali eng yaxshi o’rganadigan o’quvchilar uchun.
  5. O’qituvchilarni qo’llab-quvvatlash va kasbiy rivojlanish. Yangi darslik o’qituvchilar uchun keng qamrovli qo’llanmalar, dars rejalari va kasbiy rivojlanish resurslari kabi qo’shimcha yordamchi vositalarni qamrab olgan. U samarali o’qitish strategiyalari, keng tarqalgan tushunchalar va baholash usullari haqida tushunchalarni beradi, bu esa o’qituvchilarga yuqori sifatli darslarini tashkil etish imkoniyatini beradi.
  6. Texnologiya integratsiyasi. Ta’limda texnologiyadan tobora ko’proq foydalanish bilan yangi darslikni o’rganish tajribasini yaxshilash uchun raqamli vositalar, onlayn resurslar yoki interaktiv platformalarni birlashtirishi mumkin. Ta’limni o’zlashtirish va o’quvchilarga darhol fikr-mulohazalarni taqdim etish uchun ta’lim dasturlari, simulyatsiyalar yoki moslashuvchan o’quv tizimlaridan foydalanishi mumkin.
  7. Chiroyli dizayn. Yangi darslik o‘qituvchilar va mutaxassislarning fikr-mulohazalarini o‘z ichiga olgan bo’lib, darslik mazmuni va dizayniga zaruriy takomillashtirish orqali yondashilgan. Ya’ni rangbarang tasvirlar, grafiklar, jadvallar va diagrammalar o’quvchining e’tiborini tezda o’ziga tortadi. Bu esa matematika fanini yanada tez va oson tushunishga xizmat qiladi.
  8. Do’stona aloqalarni mustahkamlash. Yangi darslikda berilgan topshiriqlarni bajarishda o’quvchilar jamoa bo’lib hamkorlikda ishlashlari natijasida, ularning muammolarga birgalikda to’g’ri va oson yechim topishlari hamda o’zaro do’stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilganligi bilan ham afzallikka ega.
  9. Yondash mavzu. Yangi darslikdagi har bir mavzuga oid bo’lgan yurtimizdagi inshootlar va hayotiy vaziyatlar asosida berilgan yondash mavzu asosiy mavzudagi amaliy topshiriq, masala va misollarni o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirishga katta turtki bo’ladi. Shuningdek, muayyan fanni bir payitda boshqa fanlar bilan bog’lab o’rganish imkonini beradi. Fanlar integratsiyasi mavjud.
  10. Tayyor ko’rgazmali qurollar. Darslikning oxirgi betlarida qirqib olib tayyorlash, foydalanish mimkin bo’lgan yarim tayyor shakllar, ko’rgazmali qurollarning mavjudligi o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini yanada orttiradi.
  11. Ishchi daftarning mavjudligi. O’quvchilarga darslikka qo’shimcha tarzda unga mos ishchi daftarning ham ishlab chiqilgani ham o’quvhchilarga osonlik va qulaylik tug’diradi. Ishchi daftar yordamida vazifalarni bajarish o’quvchilar uchun maroqli bo’ladi.
  12. Tarkibiy qism. Darslik har bir chorak kesimida ajratilgan bo’lib, matematika darsligi bir o’quv yili uchun to’rtta qismni o’z ichiga qamrab oladi va bu darslikni bosqichma-bosqich o’qitish ishlari amalga oshiriladi. Bu jarayon ham kitobni toza, ozoda saqlashga xizmat qiladi, ham yosh o’suvchan o’quvchilarni yil mobaynida o’zlari bilan katta hajmdagi kitoblarni ko’tarib yurish yukidan ozod etadi. O’quvchilar bir qismni o’qib tugatgach, keyingi qismni kutib olish ishtiyoqi va katta qiziqish bilan o’qiydilar. Bunda ham o’quvchilar uchun ancha qulayliklarni ko’rish mumkin.
Turli sabablarga ko’ra, ilg’or zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda, ta’lim sifati samaradorligini oshirish maqsadida yangi, osondan murakkabgacha, bir muncha mulohazali fikrlarshni talab etadigan maktab darsliklari, ta’lim sohasida yuksak natijalarga erishayotgan bir necha o’nlab jahonning eng ilg’or davlatlari foydalanib kelayotgan texnolagiyalar, tajribalar va maktab darsliklari tegishli mutaxassislar tomonidan puxta o’rganilib chiqishi natijasida va davlat ta’lim standartiga hamda milliy o’quv dasturiga muofiq ravishda, o’quvchining xavfsizlik va ruhiy holatlarni, o’zlashtira olish qobiliyatlari, shuningdek, bugungi kun talabi bo’lgan 4K modeli asosida  ishlab chiqilgan boshlang’ich sinf yangi o’quv darsligini yaratish uchun oz muncha mehnat, vaqt, moddiy ta’minot va mutaxassislar jalb qilinmagan. Shu sababli ham o’qituvchilar, o’quvchilar, ota-onalar va keng jamoatchilik birinchi navbatda  buni inobatga olishlari so’raladi. Buning ustiga darslik davlat byudjeti hisobidan o’quvchilar uchun tekin foydalanishga berilgani ham ota-onalar uchun ancha yengillikni beradi. Shunga qaramay, bazi o’qituvchilar va ota-onalar tomonidan yangi darsliklar haqida bildirilayotgan e’tirozlar va noroziliklar nafaqat jamiyat, hatto o’quvchilar fikrini ham chalg’itish oqibatlariga hamda qaysidir ma’noda o’quvchilarning fanni o’zlashtirish ma’suliyatining susayib borishiga sabab bo’lib qolmoqda. Bu esa yangi darsliklarni kiritishdan ko’zlangan asosiy g’oya va maqsadning to’laqonli amalga oshmasligi uchun yetarlicha sabab bo’la oladi. Chunki, yosh o’sib kelayotgan avlod ko’zi bilan ko’rib turgan qo’lidagi kitobga emas, balki bu yomon, bu tushunarsiz, bu qiyin, bu kerak emas edi, nega almashtirdi, eski kitob yaxshi edi kabi salbiy fikrlarning tinmay quloqlari ostida jaranglayverishi ta’sirida bo’ladi va o’quvchi demak, bu kitob men uchun emas ekan, bu kitobdagi vazifalarni hattoki ota-onam ham bajara olmas ekan, men qanday qilib bajarishim, o’qishim mumkin? kabi savollar qurshovida qoladi va tabiiyki, vazifani o’rnimga kimdir bajarib berishi kerak, darsni yomon o’zlashtirib, past baho olsam ham bo’laveradi degan fikrda o’zidan xudbin shaxsni yasab oladi. Bilamizki, bu holat juda katta salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ota-onalar va ayrim o’qituvchilar bir narsani yaxshi tushunib olishlari kerak. Har bir makon, har bir jamiyat, har bir davlat va boshqa ko’plab inson yutuqlari o’z-o’zidan bo’lgan emas, albatta yangiliklar kiritish, o’zgarishlar qilish, qiyinchiliklarni yengish, o’z qolipidan chiqish, katta mehnat va vaqt sarflash evaziga bunyod bo’lgan. Albatta, ish bor joyda kamchilik bor deganlaridek, Yandi darsliklar ham kamchiliklardan holi emas. Misol uchun, rasmlarda, jadvallarda, grafiklarda yoki yozuvlarda texnik xatoliklar kuzatilishi mumkin. “Bu kamchiliklar mualliflarning emas, texnik xodimlarning xatosi hisoblanadi. Sizga ma’lumki, grafika va dizayn ishlari murakkab jarayon hisoblanadi. Shu tufayli darslikda o’ta jiddiy bo’lmagan ayrim xatoliklar mavjud.  Xatolarni albatta, qaytadan ko’rib chiqilib, keyingi qayta nashrda buni inobatga olgan holda, tuzatishlar amalga oshiriladi” – deb izoh keltirgan kun.uz studiyasida intervyu bergan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxo’jayev[17]. Darslikdagi bu xatoliklar uchun psixologlar so’zi bilan aytganda “Butun bir A4 formatli toza oq qog’ozda bir dona nuqta inson ko’ziga ko’rinadi” degan fikrni isbotlash shart emas. Chunki, shuncha izlanish, mehnat, harakat hamda hamkorliklar qilinib vujudga kelgan yangi darsliklar biz uchun katta muaffaqiyat hisoblanadi. Qog’ozdagi nuqta kabi ko’ringan xatolarni bahona qilib darslikdan butunlay voz kechish kechirilmas xatoni anglatadi. Umuman olganda, boshlang‘ich sinf yangi matematika darsligini nashr etishdan maqsad ham o‘qituvchilar,  ham o‘quvchilarning matematikani o’qitish va o’qish jarayonida qo‘llab-quvvatlovchi yangilangan, samarali va inklyuziv resursni taqdim etishdan iboratdir. Har bir ishni birinchi marta bajarishda albatta, qiyinchiliklarga duch keladi. Bu ishni qayta-qayta bajarish natijasida o’quvchida  ko’nikma va malaka hosil bo’ladi. Yangi avlod darsliklaridan foydalanilganiga ham 5 oy vaqt o’tdi. Hozirda o’qituvchilar va o’quvchilar darslik mazmuniga ancha tushunib, o’rganib qolishdi. O’quv yili oxirida darslik o’quvchilar tomonidan to’liq o’zlashtirib olinadi deb umid qilamiz. Chunki, zukko va tirishqoq bolajonlar o’z davrining bilimdonlari hisoblanishadi. XXI-asr texnika va texnolagiyaning rivojlangan asrida bolajonlar bu borada kattalardan ancha ustasifarang ekanligini ham tan olish kerak. Yangi avlod darsliklarini taqdim etishdan kutilayotgan natijalar qay darajada o’z samarasini berayotganini bilish va o’qituvchi, yosh amaliyotchilar tomonidan qanday baholanayotganligini o’rganish maqsadida Jizzax davlat pedagogika universitet Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabalari o’rtasida oflayn va Respublika miqyosida umumta’lim maktablari o’qituvchilari o’rtasida onlayn tarzda ularning yangi darslikka bo’lgan munosabatlarini aniqlash maqsadida quyidagi so’rovnomani o’tkazdik. So’rovnoma savollari va natijalar bilan tanishishingiz mumkin.                
T/r So’rovnoma savollari J1 J2 T+ T_ O’+ O’_
1 Yangi avlod darsliklari sizga maqul bòldimi? Ha Yo’q 268 32 75 25
2 Matematika darsliklari qaysi darajada talabingizga javob beradi (texnik xatoliklarni hisobga olmang)? Yaxshi O’rta 270 30 78 22
3 Kitobga òquvchilarning qiziqishlari bormi ? Ha Yo’q 275 25 80 20
4 Kitob materiallarini òquvchilar qaysi darajada òzlashtirmoqda? Yaxshi O’rta 250 50 70 30
5 Kitobdan foydalanib òtgan darsingizni effektini qanday baholaysiz? Yaxshi O’rta 273 27 72 28
6 Kitobga ota-onalar munosabati ? Yaxshi O’rta 262 38 68 32
7 Kitobdagi ayrim materiallarni òquvchilarga tushuntirishdan avval òzingiz ham bu haqida òqib-izlanishga tòģri kelgan vaziyatlar bòldimi? Ha Yo’q 261 39 82 18
8 Kitobni  innovatsoin va 4K modeliga asoslangan deb hisoblaysizmi? Ha Yo’q 290 10 92 8
9 Kitob real hayotiy vaziyatlarda duch kelgan muammolarni hal etishga yordam beradimi? Ha Yo’q 295 5 90 10
10 Nima deb òylaysiz, agar  yangi darslik materiallarini òqituvchi o’quvchilarga oson qilib tushuntirsa va ular buni tòliq òzlashtirsa, bu kitob afzalmi? Ha Yo’q 298 2 95 5
11 Javoblar umumiy foizlar hisobida  % 91.4 8.6 79.7 20.3
  Jadvalga kiritilgan belgilar quyidagicha izohlanadi: J1 – birinchi javob variant; J2 – ikkinchi javob varuanti; T+ – ijobiy javob bergan talabalar soni; T_  – salbiy javob bergan talabalar soni; O’+ – ijobiy javob bergan o’qituvchilar soni; O’_ – salbiy javob bergan o’qituvchilar soni.     So’rovnomada qatnashgan 4+2 dasturi asosida boshlang’ich sinfda amaliyot o’tayotgan 300 nafar talabadan 91,4% talaba ijobiy natija qayd etdi. Umumta’lim maktabda o’z faoliyatini olib borayotgan 100 nafar o’qituvchilar esa 79,7% ijobiy natijalarni qayd etishdi. Bundan ko’rinib turibdiki, maktab o’qituvchilari yangi darslikni ijobiy qayd etsalarda, uni foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Shu sababli, matematika fani mutaxassisi sifatida yangi darsliklarni foydalanib dars o’tishda qiyinchilikka duch kelayotgan o’qituvchi-pedagoglar uchun qisqa muddatli   o’qitish kurslarni, seminar-treninglarni  va malaka oshirish darslarini mutaxassislar hamda darslik mualliflari tomonidan amalga oshirishni yo’lga qo’yish taklifini beramiz. Darlikdagi duch kelayotgan bunday muammolarga yechim topishning yana bir qulay usulini taqdim etish maqsadida JDPU Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabari ishtirokida ishchi guruh tashkil etib, 1-4 sinf yangi matematika darsliklarida berilgan barcha topshiriq, masala va misollarning yechimini o’rganib chiqdik hamda daftarga yozib qo’ydik. Darslik juda ham qiziq, turli fikrlarga boy, o’quvchini o’ziga jalb eta oladigan darajada mazmunga ega. Kelgusida biz ishlab chiqqan topshiriqlar javobini o’qituvchilar va ota-onalarga metodik qo’llanma sifatida joriy etishni oldimizga reja qilib oldik.   ADABIYOTLAR
  1. https://lex.uz/uz/docs/-6330358. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.12.2022 yildagi 726-son. Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.
  2. https://daryo.uz/2023/10/14/yangi-avlod-darsliklari-boshlangich-sinf-darsliklarining-afzalliklari-va-jamoatchilik-etirozlari-haqida-video?ysclid=ls37acjyhg899381826
  3. https://medium.com/@SwunMath/math-education-in-the-united-states-how-does-it-compare-94103eaaf74
  4. https://www.gov.uk/government/publications/teaching-mathematics-in-primary- schools
  5. https://practicle.sg/school/primary-school-math-syllabus-singapore/
  6. https://www.futureschool.com/south-korea-curriculum/mathematics-elementary-grade-1/
  7. https://timssandpirls.bc.edu/timss2015/encyclopedia/countries/finland/the-mathematics-curriculum-in-primary-and-lower-secondary-grades/
  8. https://nsportal.ru/nachalnaya-shkola/matematika/2023/11/27/programma-noo-matematika-1-4-klassy-2023-2024-god
  9. Leena Ha’nninen, Kirsi Malinen, Pekka Rainta,Rasse Vallo. MILLI 3A.Sanoma Pro Oy. Helsinki-2019.
  10. U.B.Aydarova 2-sinf O’qish savodxonligi‖ darsligi, Novda nashriyoti, Toskent – 2023 1-qism.
  11. M.E.Toirova 3-sinf O’qish savodxonligi‖ darsligi, Novda nashriyoti, Toskent – 2023 1-qism.
  12. M.E.Toirova 4-sinf O’qish savodxonligi‖ darsligi, Novda nashriyoti, Toskent – 2023 1-qism.
  13. Matematika. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik 1 va 2-qismlar. I.V.Repyova, Y. V. Zemina. – Toshkent:”Novda Edutainment”, 2023.
  14. Matematika. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik 1 va 2-qismlar. I.V.Repyova, Y. V. Zemina. – Toshkent:”Novda Edutainment”, 2023.
  15. Matematika. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik 1 va 2-qismlar. I.V.Repyova, Y. V. Zemina. – Toshkent:”Novda Edutainment”, 2023. 16. Matematika. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik 1 va 2-qismlar.I.V.Repyova, Y. V. Zemina. – Toshkent:”Novda Edutainment”, 2023.
  16. https://youtu.be/ZoGtnHbhQWg. Yangi avlod darsliklari: jamoatchilikni qiziqtirayotgan savollar, xatolar va yaxshi natijalarga umid mavzusidagi intervyu.