Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/09/2018
Chop etish
Tarix fakultetida birinchi kurs maktabi

Jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakultetida 2018-2019 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 2018 yil 5-sentabr kuni o‘tkaziladigan tadbir


5.09.2018 yil                                                                                                                                                                        Jizzax shaxri

A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakultetida 5.09.2018 yil kuni soat 12.30 da 2018-2019 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar hamda talaba yoshlarning yangi o‘quv yilini ko‘tarinki ruhda boshlash maqsadida tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimni fakultet asosiy kirish darvozasi oldida  fakul’tet dekani, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari,  jamoat tashkilot rahbarlari, yoshlar ittifoqi yetakchilari birgalikda professor- o‘qituvchilar va talabalarni gullar bilan kutib olish uchun  yig‘ildi. Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiklar yangradi. Fakultet professor-o‘qituvchi va talabalarning binoga kirib kelishi boshlanadi (fahriy professor-o‘qituvchilarga, xodimlarga, birinchi kurs talabalariga gullar taqdim etildi).

Shundan so‘ng, tantanali tadbirni fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Akchaev ochiq deb e’lon qildi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madxiyasi yangradi.  O‘zbekiston  Respublikasining davlat bayrog‘i ko‘tarildi va tabrik uchun so‘zni fakultet dekani R.Yarmatovga berdi. Fakultet dekani o‘z so‘zida barcha yig‘ilganlarni yangi 2018-2019 o‘quv yili bilan tabrikladi va barchaga ushbu o‘quv yilida omadlar tiladi.

Fakul’tetda belgilangan o‘quv xonalarida tayinlangan professor-o‘qituvchilar boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Mustaqillik darslari va O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovni xotirlash darslari boshlandi. Birinchi kurs talabalariga fakultet dekanati va gurux rahbarlari tanishtirildi.

 

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari:              F.Akchaev


Ulashish:
1 024
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.