Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
25/03/2023
Chop etish
Xorijiy tillarni bilish nima uchun zarur va u bizga qanday imkoniyatlarni yaratadi?

Hozirgi globallashuv davrida madaniyatlararo integratsiyaning jadallashishi bir qator salbiy va ijobiy omillarni keltirib chiqaradi.  Ushbu omillarga qarshi tura olish yoki ularni qabul qilish uchun inson o‘z resurslaridan to‘g‘ri foydalanishi zarur. O‘z resurlarini to‘g‘ri yo‘naltirgan holda o‘z ona tilini mukammal bilishi hamda bir nechta xorijiy tillarni o‘zlashtirishi maqsadga muvofiqdir.

Xo‘sh, xorijiy tillarni bilish nima uchun zarur va u bizga qanday imkoniyatlarni yaratadi?

Birinchidan, til ushbu mamlakatning madaniyati va milliy mintalitetini aks ettiruvchi vosita. Insonlar bilan muloqotga kirishish osonlashadi. Dunyo qarashi kengayadi.

Ikkinchidan, til o‘rganish orqali ushbu mamlakatning tarixi, geografiyasi, urf-odatlari bilan tanishib boradi.

Uchinchidan, xorijiy tillarni o‘rganish davomida xotira va diqqat kuchayadi. Intellektual topshiriqlarni tez va oson yechadi.

Beshinchidan, barqaror ish o‘rniga ega bo‘lishni ta’minlaydi.

Yurtimizda til bilish bo‘yicha kafolatgan imkoniyatlar (magistratura va doktoranturaga qabul, umumta’lim maktablarida ustama va hakazo) mavjud. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi PQ-289-son qarorining 3.6-ilovasiga muvofiq Jizzax davlat pedagogika universitetini maqsadli rivojlantirish uchun Chet tili fanidan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega talabalar ulushi 2023 yil jami talabalar soniga nisbatan 6 % ni tashkil etilishi qayd etilganligini alohida ta’kidlash lozim.

Hozirgi kunda Maktab menejmenti yo‘nalishida 211 nafar talabalar tahsil olmoqda. Shundan 120 nafari muntazam ravishda xorijiy tillarni o‘rganishmoqda. 15 nafar talaba milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro til bilish darajasidagi sertifikatga ega. Ulardan ingliz tilidan S1 xalqaro til bilish darajasidagi sertifikatga ega talabalar soni 4 nafar, V2 darajadagi sertifikatga ega talabalar soni esa 11 nafarni tashkil etadi. O‘quv yili yakuniga qadar yana 5 nafar talabalarda xalqaro til bilish darjasidagi sertifikatga ega bo‘lishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda til bilish har qachongidan ham zaruriy ehtiyojga aylanib ulgurdi. Yoshlarni mahoratini amalga oshiradigan zaruriy chora sifatida qaralmog‘i lozim.  Shundagina yurt ravnaqi, xalq farovonligi uchun xizmat qiladigan yoshlar sezilarli darajada shakllanib chiqadi.

Tursunov Diyor Sunnatovich

JDPU Maktab menejmenti kafedra mudiri

 

 

 

 

 

 

 

 


Ulashish:
483
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.