Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/06/2022
Chop etish
30-IYUN  – YOSHLAR KUNI OLDIDAN «BIR ASARDA MING BIR HIKMAT»

Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi  «Izlanish» klubi 30-iyun Yoshlar kuni oldidan 23-iyun kuni institut kutubxonasida Alisher Navoiyning «Mahbub ul qulub» asari badiiy tahliliga bag’ishlangan «Bir asarda ming bir hikmat» mavzusidagi davra suhbatini tashkil qildi.  «Mahbub ul qulub» asarida yoshlar tarbiyasiga oid turli mavzudagi masalalarga alohida to’xtalingan. Shu jumladan «Mudarrislar zikrida», «Nazm gulistonining xushovoz qushlari zikrida», «Maktab ahli zikrida» hamda asarning  turli hikmat va tanbehlar asosida munozaraga boy tarzda ma’rifiy suhbat qurildi. Ushbu Navoiyxonlik davrasiga JDPI kutubxona xodimalari, Milliy tiklanish demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashi Mafkura bo’limi xodimlari ham ishtirok etdilar. Ma’rifiy tadbirning mushoira, «Mahbub ul qulub» asari asosida «Qalbga mahbub hikmatlar va hikoyatlar» mavzusidagi  ishlangan videosahifa bilan ham mazmunli davom etdi. Faol ishtirok etgan  talabalar O’z MTDP viloyat kengashi tomonidan «Tashakkurnoma» bilan taqdirlandilar. Davra suhbati yakunida tashkilotchisi D. Salimova ushbu ma’rifiy tadbirni tashkil etishda ko’mak bergan hamda klub tashabbuslarini qo’llab-quvvatlaganliklari uchun O’zbek tili va adabiyoti fakulteti dekanatiga, institut kutubxna ma’muriyatiga hamda O’zMTDP Jizzax viloyat kengashi rahbariyatiga minnatdorchilik izhor qildi.

 

«Izlanish» klubi moderatori  ( PhD) dots. v/b Dilnavoz Salimova


Ulashish:
776
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.