Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

12-dekabr shoir Hamid Olimjon tavalludi kuni    

     “Chimyon esdaliklari” she’rida rassomona tasavvur Hamid Olimjonning betakror lirikasini o‘qiganimizda o‘ziga tortuvchi ta’sir jozibasi ehtiroslilik, serzavqlilik  jo‘sh urganini his etamiz, uning keskin fikrlari poeziyaning sayqallangan nutqida yangraydi va kitobxonni o‘z maqsadlari  sari ergashtira oladi. She’rlaridagi   musiqiylik va  emotsionallik ufurib turgan “O‘zbekiston”, “Ishim bordir o‘sha ohuda”, “Holbukiu tun”, “Sen tug‘ilgan kun”, “Kuychining xayoli” kabi she’rlari  ana shunday nazm durdonalaridan sanaladi. Ushbu manzumalarda shoir Hamid Olimjon ko‘ngil olami tabiat olamiga yaqinligi, mushtarak ekanligi bilangina cheklanilmaydi, balki poetik fikrning vaznga solingan o‘ziga xoc ifodasi sifatida namoyn bo‘ladi va shu bois  kitobxonni o‘ziga rom etadi. Akademik Naim Karimov ta’kidlaganidek, “Hamid Olimjon” o‘z lirikasi fikr-nasrni, hayotbaxsh qudratga ega bo‘lgan fikr va g‘oyalarni yuksak she’riyat bilan uzviy ravishda birlashtira oladi. Uning lirikasida mujassamlangan fikr va kechinmalar kitobxon qalbini hamisha maftun etuvchi, unga estetik zavq bag‘ishlovchi, uni nafosatning ilohiy olamiga olib kiruvchi shaklga egadir”. “Chimyon esdaliklari” she’rida lirik syujet orqali tasvirlangan Chimyon tabiati  lirik qahramon  xotiralarining tabiat manzarasi tushirilgan rassom surati misol  ko‘z o‘ngimizga keladi. Tabiiyki, bunday surat  uzoq vaqt   iliq kayfiyat ulashgan holda xotiramizda saqlanib qoladi.  Tabiat fusunkor manzarasining yangi chizgisi     she’r mazmuniga singib ham ketadi. Natijada, biz ham o‘zimizni lirik qahramon o‘rnida his etib, orombaxsh kayfiyat olamiz. “Chimyon esdaliklari”ni o‘qiganimizda nigohimiz dastlab tepadan – tog‘lardan, so‘ngra “bulutlardan poda” bo‘lgan osmondan tog‘ bag‘irlariga qarab borgan sari quyiroqdagi “baxmal gilam”, “alvon poyondoz” yoyilgan chamanzorlarga tushib boradi. Qoyalar, daralar, cho‘qqilar, yonbag‘irlar bo‘ylab kezib, sayohatga chiqqandek tasavvur olamiz. Go‘zallikda tuganmas buloq, Shamolda o‘ynaydi shalola. Bahor yurar ko‘chib tog‘ma-tog, Qo‘llarida oltin piyola.   Hamid Olimjon o‘z g‘oyalarini  mohirlik bilan she’rda tasvir etilgan jonli manzara, obrazlar zamiriga singdirib yuboradi.  Hayot, uning go‘zalligi to‘g‘risidagi  muallif estetik qarashida Vatan tabiatining to‘kis – “tabiatning bor fasllari: bahor va yoz qarshimda peshvoz” kabi poetik iqrori tabiatimizni sevish bilan birga ardoqlashga ham chorlaydi. Bunday misralar shoirning rassomona zehni va yuksak didid bilan lirik misralarini mazmunan boyitiladi. Biz tilga olgan “Chimyon esdaliklari” she’ri yaratilgan davridayoq  shoir-tarjimonlar  tomonidan rus tiliga o‘girilganligini ham eslatib o‘tmoqchimiz. Mutarjima Svetlana Somova tarjimasida ushbu she’r shoirning badiiy niyati,   badiiy haqiqati va  obrazlilik ifodasini asliyat bilan mushtarak holatga keltira olinganligi va shu asnoda originallikning   saqlab qolinganligi o  o‘rnida   Hamid Olimjon  mahoratini saqlab qolishga erishganidan dalolat beradi. Tog‘da yurar ohu bir juvon. Sochimni taraydi shabboda. Menga bugun yaqindir osmon, Bulutlardan teppamda poda. Qashqa tog‘ning yarqirar qori, Ynbag ‘irda xudda chumoli, O‘rmalayman va borgan sari Ochiladi bu holning foli: Qoyalarda asrlik doston, Daraxtlarda oppoq, mangu qor. Cho‘qqilarda otash saraton, Yonbag‘irlar binafsha bahor. Go‘zallikda tuganmas buloq, Shamolda o‘ynaydi shalola. Bahor yurar ko‘chib tog‘ma-tog, Qo‘llarida oltin payola. Yo‘llarimda zangori ko‘llar Oyna kabi tiniq va bejon. Men umrimda ko‘rmagan gular… Nom qo‘yishda ojizdir inson. Bu go‘zaldir, bu ajib bir hol, Ham vahshiydir hamda osuda, Bo‘lmasinmi shoir tili lol Shamol uchib o‘ynasa suvda? Bolaligim tutdi va bir bor, Buloq uzra yotdim uzanib Va san’atga bermasdan ozor, Hovush-hovuch suv ichdim qonib.     “O‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi (PhD) Dilnavoz Salimova