Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/11/2025
Chop etish
10-Xalqaro Talabalar Simpoziumi ochilishida xorijlik va mahalliy olimlar ishtirok etdi.

“Tadqiqotchilik va kreativ sa’y-harakatlarni qo‘llaymiz” mavzusidagi 10-Xalqaro Talabalar Simpoziumi ochilish qismida qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari va yurtimiz universitetlaridan tashrif buyurgan yosh tadqiqotchi-olimlar so‘zga chiqishdi.

Tadbirda Ozarbayjonning Naxchevan davlat universiteti rektori, professor Elbrus Saleh o‘g‘li, Qozog‘istonning Sherxon Murtazo nomidagi Xalqaro Taraz innovatsion universiteti rektori Mahmedgali Saribekov, shuningdek Samarqand davlat universiteti professori Zarifa Mo‘minova kabi nufuzli olimlar ishtirokchilarni qutlab, simpozium ishiga omad tiladilar.

Xorijiy va mahalliy mutaxassislar ishtirokining simpoziumda ilmiy muloqot, tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.


Ulashish:
1 486
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.