Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/09/2020
Chop etish
1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni.

1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuniga bag‘ishlab “Ustozlarga ehtirom” deb nomlangan ma’daniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyati  tashabbusi bilan  tashkil etilgan tadbirda  oliy ta’limda  ko‘p yillar mehnat qilgan, ta’lim tizimining rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan 30 dan dan ziyod faxriy o‘qituvchilar, oliygoh professor o‘qituvchilari  ishtirok etdi.

 

 

Dastlab,tadbirda so‘zga chiqqan prfessor Hamid Meliev  Jizzax davlat pedagogika institutida uzoq yillar samarali va ibratli mehnatlari bilan ismi-shariflari tarix zarvaraqlariga bitilgan ustoz-muallimlar xotirasi  haqida so‘z yuritdi.

 

 

Ustozlar butun umrini shogirdlari tarbiyasi, kamol topishi yo‘liga bag‘ishlaydi. Shogirdlarining yutuqlaridan quvonadi, kamchiliklaridan kuyunadi. Har bir o‘qituvchi umri davomida shogirdlariga ilm o‘rgatishga tirishadi, saboq, tarbiya beradi. Zimmasidagi yukni, mas’uliyatni chuqur his qilgan holda mazmunli va mashaqqat ila mehnat qiladi. Shunday kunlarda  faxriy ustozlarni yo‘qlash,  har bir shogird uchun ham qarz, ham farz. Tadbirda faxriy ustozlarg institut rahbariyati hamda kasaba uyushmasi tomonidan tayyorlangan zarbof to‘nlar kiydirildi.

 

– Ustoz o‘quvchisining savodini chiqaradi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashadi, – deydi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Sarvar Nazarqosimov – Shuning uchun ham dono xalqimiz “Ustoz – otangdek ulug‘” deb aytadi. Shu bois ustozlarimizga hurmat va ehtirom ko‘rsatishni o‘z burchimiz, deb bilmog‘imiz shart.

 

Tadbirga taklif qilingan har bir ustozga ehtirom ko‘rsatilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 481
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.