Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/11/2025
Chop etish
Universitet delegatsiyasi Beijing til va madaniyat universitetiga tashrif buyurdi.

Bugun tashrif doirasida Beijing til va madaniyat universitetida BLCU Financial Street Education tashkiloti va Beijing Language University Press vakillari bilan o‘zaro hamkorlik yuzasidan qo‘shma muzokaralar o‘tkazildi.

Universitet delegatsiyasi dastlab Beijing til va madaniyat universitet faoliyati bilan tanishdi, so‘ng BLCU Press tomonidan nashr qilinayotgan o’zbek va rus tillarida tayyorlangan xitoy tili darsliklari bilan yaqindan tanishdi.

O’tkazilgan kelishuvlar natijasida universitetda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan xitoy tili markaziga BLCU Financial Street Education tashkiloti xitoy tili o‘qituvchilarini va BLCU Press o’quv mashg’ulotlari uchun zarur bo’lgan xitoy tilini o‘qitish uchun darsliklarni yetkazib berishga kelishildi.


Shuningdek, Beijing til va madaniyat universitetida universitetning filolog o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlanish kurslarini tashkil etish yuzasidan ham kelishuvlarga erishildi.

 


Ulashish:
1 613
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.