Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/04/2021
Chop etish
 Temur tuzuklari bilimdoni.

Jizzax davlat pedagogika instituti Magistratura bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbir ana shunday nomlandi.

“Temur tuzuklari bilimdoni” mavzusida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida institutning Magaistratura bo‘limidan 18 ta  jamoa ishtirok etdi. Tadbir avvalida so‘zga chiqqanlar Amir Temurning bosib o‘tgan yo‘li, hayoti bilan bilan bog‘liq voqealarni keltirib o‘tishdi.  Tadbirda shuningdek Sohibqiron Amir Temurning bolaligi, uning taxtni boshqargan paytlari, jang-u jadallardagi yurishlari aks etgan tarixiy ma’lumotlar asosida tayyorlangan sahnaviy ko‘rinishlar ham namoyish etildi. Shundan so‘ng jamoalar bellashuvni boshlab yuborishdi. Har bir savollarga, ma’lum bir soniyalar davomida javob berishga harakat qilgan 18 ta jamoa g‘oliblik uchun astoyidil kurashdi. “Zakovat”intelektual o‘yiining mutloq g‘olibligi esa O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan magistrlar jamoasiga nasib etdi.


Ulashish:
1 009
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.