Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

TA’LIM JARAYONIDA HAMKORLIKDA О‘QITISH TEXNALOGIYASINING О‘RNI.

Qazibekov Musaxon Jizzax davlat pedagogika universiteti   Annotatsiya: Ushbu maqolada hamkorlikda o’qitish texnologiyasi o’rni va ahamiyati haqida ma’lumotlar yoritilgan. Аннотация: В данной статье представлена ​​информация о роли и важности технологии кооперативного обучения. Annotation: This article provides information on the role and importance of cooperative learning technology. Kalit so’zlar: hamkorlikda o’qitish, an’anaviy ta’lim, kreativlik,jamoaviy ishlash. Ключевые слова: совместное обучение, традиционное образование, творчество, работа в команде. Keywords: cooperative teaching, traditional education, creativity, teamwork. Hamkorlik  pedagogikasi an’anaviy о‘qitishdan farq qilib, bola bilan dо‘stona  munosabat  о‘rnatishga  qaratiladi.  Endi  oldingi  an’anaviy  “Men”  о‘rniga  “Biz”,  ya’ni  hamkorlikda  –“sub’ekt”-“sub’ekt”  munosabatlariga  asoslangan  holatda  pedagogik  faoliyat  tashkil  etiladi.  “Hamkorlikda  ishlash”  tamoyili  bola  shaxsini  chuqur  bilishga asoslanadi.    Hamkorlik  pedagogikasi-  bola  shaxsidagi  о‘ziga  xos  xususiyatlarni,  individuallikni  saqlagan  holda  intellektual,  ma’naviy  rivojlanishini  ta’minlaydi. An’anaviy ta’limda о‘qituvchi pedagogik jarayonning  sub’ekti, о‘quvchi esa ob’ekti deb qaraladi. Hamkorlik pedagogikasida esa о‘quvchi о‘z  о‘quv  faoliyatining  sub’ekti  sifatida  qaraladi.  Bunda  о‘qituvchi  va  о‘quvchi pedagogik jarayonning sub’ektlari sifatida tenglashib, xamkorlik pedagogikasi jarayoni hosil bо‘ladi. Ular о‘zaro ( hamdо‘st, hamishtirokchi, hamdard, hambashqaruvchi) bо‘ladilar.    Hamkorlik  munosabatlari  о‘qituvchilar  orasida,  ma’lum  bо‘lishi  bilan, о‘quvchilar  va  о‘qituvchilar  tashkilotlari  bilan,  raxbarlar,  ota-onalar,  jamoatchilik orasida  ham  о‘rnatiladi.  Hamkorlik  pedagogikasi  о‘quvchining  ta’lim-tarbiya  olish ishlarini  rivojlantirib  borish  orqali  hamda  о‘quv-tarbiya  jaryonini insonparvarlashtirish  tamoyillarini  amaliyotga  tadbiq  qilgan  holda  yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi. Hamkorlik pedagogikasining asosi quyidagilardan iborat:
  • о‘quvchi shaxsini chuqur bilish;
  • о‘quvchi shaxsiga insoniy yondashish;
  • jamoatchilik  tarbiyasi;
  • о‘qituvchining yuqori kasbiy solohiyati;
  • maktabga jamoa diqqat e’tiborini qaratish.
Hamkorlik pedagogikasining konsepsiyasi quyidagicha:
  • о‘quvchi bilan hamkorlik munosabati;
  • о‘quvchida ijobiy emotsional qoniqish  hosil qilish;
  • maktab ta’limini muvaffaqiyatli amalga oshirish;
  • muloqot va  mehnat qilish kо‘nikma va malakasini hosil qilish;
  • о‘quvchilar bilan birgalikda mehnat qilish va yutuqqa erishishga ishontiriish;
  • о‘quvchiga yordam berish g‘oyasi;
  • har bir о‘quvchi sinf ishida bemalol erkin qatnashishi imkoniyatiga ega bо‘lishi kerak;
  • bolalar ishini baholash ya’ni rag‘batlantirish. Darsni samarali tashkil etish uchun о‘qituvchilarga tavsiyalar:
    • О‘quvchini mustaqil hayotga tayyorlash;
    • Sinfda ijobiy emostional (hissiy) muhit yaratish;
    • Darsga ishchanlik kayfiyatida kirishish;
    • Darsga mas’uliyat bilan kirishish;
    • О‘quvchilar bilan hamkorlik qilish;
    • Zamonaviy usullar asosida dars о‘tish;
    • О‘yin texnologiyalaridan foydalanish;
    • Ijodkorlik ya’ni muntazam о‘z ustida ishlash;
О‘quvchilarning fikrlari:
  • Menga ishoning.
  • Mendan umid qilsangiz bо‘ladi.
  • Meni tushining.
  • Meni seving.
  • Menga olijanoblik qiling.
  • О‘z foydangiz uchun mendan foydalanmang.
  • Meni kichkina deb о‘ylamang.
Hamkorlikda о‘qitish mashg‘ulotlarining shakllari:
  • о‘qituvchi-sinf,
  • о‘qituvchi-kichik guruh,
  • о‘qituvchi-katta guruh,
  • о‘qituvchi-о‘quvchi,
  • о‘quvchi-о‘quvchi (juftlikda ishlash),
  • kichik guruh-kichik guruh,
  • kichik guruh-sinf;
Hamkorlikda о‘qitish – bu о‘qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida о‘quvchilar guruhi, yakka   butun sinf bilan о‘zaro samarali hamkorlikni tashkil qilishi bilan birgalikda, о‘quvchilarning ham о‘zaro qо‘llab-quvvatlovchi hamkorligini amalga oshirishdagi instruktaj va interfaol jarayonlarni ifodalovchi ommalashgan iboradir. Hamkorlikda о‘qitish metodlari quyidagi beshta hususiyatga ega:
  1. О‘quvchilar birgalikda, umumiy topshiriq yoki о‘qitilayotgan faoliyat ustida ishlashadi, bu guruhiy ish orqali yaxshi о‘zlashtiriladi.
  2. О‘quvchilar 2-5 a’zodan iborat tarkibda kichik guruhlarda birgalikda ishlashadi.
  3. О‘quvchilar umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki о‘rganish faoliyatini amalga oshirish uchun guruh tomonidan ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy qabul qilingan xulq –atvor mezonlariga rioya qilishadi.
  4. О‘quvchilar ijobiy va mustaqil bо‘lishadi. Umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki о‘rganish faoliyati bо‘yicha ishlarni tashkil etish, о‘quvchilarning bir-birlariga kо‘maklashishlari talab etilishini hisobga olgan holda tuzilgan bо‘ladi.
  5. О‘quvchilar о‘z ishlari natijasiga yoki boshqacha aytganda, о‘qishga, ta’lim olishga, shaxsan mas’uliyatli va javobgardir.
Hamkorlikda о‘qitish quyidagi  natijalarga erishish imkonini beradi: – о‘quvchining о‘rganish jarayonini boyitadi; -о‘quvchilarga ular о‘rtasida taqsim qilinib, о‘zlashtirilgan kognitiv axborotlar tо‘plamini beradi; -о‘quvchilarda materialni о‘rganishga ishtiyoq uyg‘otadi; -о‘quvchilarning о‘z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytiradi; -axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi; -о‘quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlarni beradi; -turli xil madaniyat va ijtimoiy–iqtisodiy guruhlar о‘rtasida ijobiy о‘zaro munosabatlarni oldinga suradi. Hamkorlik  pedagogikasi  turli  mamlakatlarda  ilg‘or  pedagoglar  ishtirokida  rivojlandi.  Ma’lumki,  ta’lim  sifatini  boshqarish  –  ta’lim  jarayoni sifatini loyihalashtirish, unga erishish va qо‘llab-quvvatlash hamda uni  amalga  oshirishni,  natijalarini  ta’minlashdan  iboratdir.  Bunda  ta’lim  sifatini  ta’minlashda  zamonaviy  yondashuvlarining asosiy  negizi-  turli  xil  boshqaruv,  innovatsiya  va  axborot  texnologiyalarini  ta’limga  joriy  etishda  о‘z  ifodasini  topadi. Ma’lumki,  hozirgi  davrda  yoshlarning  kasbiga  oid  bilimlarini hayotda qullay olishlari uchun keng imkoniyat yaratish muhim ahamiyat  kasb  etadi.  Ushbu  vazifa  ta’lim  sifatini  yuksak  darajada  kо‘tarishni, puxta va bilimli raqobatbardosh mutaxassis tayyorlashni, boshqacha  qilib  aytganda,  ta’lim  va  tarbiya  tizimida  tub  sifat о‘zgarishlarini sodir etishni talab qiladi. Shunday ekan, hamkorlik pedagogikasi  asosida  tashkil  qilingan  ta’lim  va  tarbiya  о‘quvchi  shaxsining  “Men”ini  yorqinroq  namoyish  etishga,  qobiliyat  va  iqtidorini  anglashga,  uni  rivojlantirishga  xizmat  qiladi.  Ijodkorlikka  intilish,  yangilik  yaratish  –  hamkorlik  pedagogikasining  kreativlik  belgisi  bilan  chambarchasdir.  Ushbu  hamkorlik asosida bunyodkorlikka intilish, fikrlar parvoziga keng  yо‘l ochadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
  1. Usarov S. “O’quvchilarni mantiqiy fikrlashga o’rgatishda matematik masalalarning o’rni” Tafakkur ziyosi 1/2022 ilmiy uslubiy jurnal 147 bet.
  2. Qahhorov M. “Masalalarni tenglama tuzish bilan yechish metodikasi” Matinfo.jspi.uz
  3. Mamadjanova M. “Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar” Toshkent “Innovatsiya-Ziyo” 2020.
  4. Usarov S. “Elektron ta’lim muhitida o’quvchilarning mantiq elementlarini o’rganishga qiziqishlarini rivojlantirish” Toshkent davlat pedagogika univsersiteti ILMIY AXBOROTLARI ilmiy nazariy jurnal 2022 yil 264-270 bet.
  5. Usarov S. “Elements of logic and some considerations on the application of operations on them ” Euroasian scientific Herald (ESH) ISSN (E): 2795-7365.