Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/01/2021
Chop etish
 Talabalar o‘rtasida   “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

O‘yin juda qizg‘in baxs va munozaralarga boy bo‘ldi.

Jizzax davlat pedagogika instituti  Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan  faol va talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, iqtidorli talabalarni saralab olish maqsadida joriy yilning yanvar oyida oliygohning barcha fakultetlari  iqtidorli talabalaridan tashkil topgan guruhlar  o‘rtasida zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi.

O‘yinda barcha fakultetlarning jamoalari ishtirok etdi. Final bosqichida esa 4  ta jamoa ishtirok kuch sinashdi. Ular Tarix (Renessans),Tabiiy fanlar (Nihol), Chet tilari (Diamond). Hamda Rus tili fakultetlarining (Unikumlar ) guruhlari edi.

Final bosqichda g‘oliblik Tarix fakultetining  “Renessans”  iqtidorli talabalaridan tashkil topgan jamoaga nasib etdi. Qiziqarli va munozaralarga boy bo‘lgan o‘yin so‘ngida g‘olib jamoa va faol  ishtirokchilar  qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 


Ulashish:
855
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.