O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-son Farmoni ijrosi doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti xodimlari, profilaktika inspektori hamda talaba-yoshlar 30-sonli manzil-koloniyasiga tashrif buyurdi.
Tashrifning asosiy maqsadi giyohvandlik jinoyatlari uchun jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar hayoti bilan tanishish, yoshlarda giyohvandlik va uning og‘ir oqibatlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilishdan iborat.


Jarayonda talaba-yoshlar muassasada yaratilgan sharoitlar, mahkumlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan tanishdilar. Shuningdek, jinoyat yo‘liga kirib qolish sabablari, giyohvandlikning inson hayoti va taqdiriga salbiy ta’siri haqida real hayotiy misollar asosida suhbat o‘tkazildi.





Ochiq muloqot davomida giyohvandlik nafaqat shaxs, balki uning oilasi va jamiyat uchun ham jiddiy ijtimoiy muammo ekani alohida ta’kidlandi.
