Rektor minbari
Pandemiya sharoitida OTMlarga kirish imtihonlarini jamoatchilik nazorati ostida shaffof hamda abiturientlar salomatligini saqlagan holda o‘tkazish bo‘yicha qilingan ishlar haqida.
COVID-19, yurtimizdagi karantin holati bilan bog‘liq vaziyat albatta, odamlarning hissiy holatiga o‘ziga xos ta’sir etishi tabiiy. Biz bu vaziyatni boshdan kechiryapmiz va unga har xil munosabatda bo‘lyapmiz. Pandemiya sharoitida ko‘pchilikda stress, xavotir yoki qo‘rquv kabi salbiy holatlar kuzatilayotgan bo‘lishi tabiiy. Bularning ichiga albatta ochiq osmon ostida test hamda kasbiy-ijodiy imtihonlarni topshirishni rejalashtirayotgan abiturientlarimizni ham qo‘shishimiz tabiiy, chunki ular nafaqat imtihon oldi hayajon , balki pandemiya munosabati bilan yuzaga kelgan bezovtalik hissi vaziyatni yanada qiynlashtirishi mumkin. Mana shunday sharoitda kasbiy- ijodiy imtihonlarni topshirish uchun kelgan abiturientlarga ruhan yordam ko‘rsatish ularni qo‘llab quvvatlash biz oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining eng muxim vazifamizdir. Bu yil Jizzax viloyatidagi OTMlariga 70 ming 743 nafar abiturient hujjat topshirgan bo‘lsa, shulardan 48011 nafarini A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga topshirgan abiturientlar tashkil qiladi. Ayni kunlarda 2020/2021 o‘quv yili uchun JDPIda kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari qizg‘in ketmoqda. Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi, sirtqi bo‘limga hujjat topshirgan jami 5080 nafar abiturientlar 2 sentabrdan to – 18 sentabrgacha shaxrimizdagi Yong‘inga qarshi kurash bo‘limi sport maydonlarida kirish imtixonlarini topshirishadi. Musiqa ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha 784 nafar abiturientlarimiz esa aynan shu sanada JDPI madaniyat saroyida imtixon topshirishadi. Tasviriy sa’nat va muhandislik grafikasi yo‘nalishi bo‘yicha imtixonlarni topshiradigan abiturientlarimiz uchun esa JDPI sport majmuasi tayyorlab qo‘yilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki yuqorida sanab o‘tgankasbiy va ijodiy imtixonlar o‘tkaziladigan joylarda abiturientlar uchun yetarlicha sharoitlar yaratilgan. Jumladan har bir imtixon topshiruvchi abiturient 6metr kv. Oralig‘ida masofa saqlangan xolatda imtixon topshirishlari uchun ish qurollaridan tortib ichimlik suvi, dizinfeksiya vositalari, hamda himoya vositalarigacha (rezina qo‘lqop va tibbiy niqoblar) institut hisobidan taxt qilib qo‘yilgan.
JDPI da kasbiy (ijodiy) imtixon topshiradigan barcha abiturentlar soni 6912 nafarni tashkil etadi. Ularning ichida nogironligi bor abiturientlarimiz ham bor. Biz ular uchun ham yetarli sharoitlarni yaratib qo‘yganmiz.
Bu yil pandemiya munosabati bilan barcha abiturientlar ochiq osmon ostida test topshirishadi. Aytish joizki bu borada ham kerakli ishlar amalga oshirilayapti.Bugun Jizzaxning Sug‘diyona Markaziy sport stadionida 3240 nafar abiturient test topshirishi uchun tayyorlab qo‘yilgan. Xullas Jizzax davlat pedagogika instituti bugun hayajonli lahzalarni boshdan kechirayotgan, orzular olamida suzayotgan va nihoyat talablik baxtiga musharraf bo‘lish ostonasida turgan barcha yigit-qizlarga omad tilaydi. Sizni A. Qodiriy nomidagi JDPI da quchoq ochib kutib qolamiz aziz yoshlar!!!
Jizzax davlat pedagogika instituti rektori prof. Sh.S.Sharipov