Karera markazi
Karera markazi
|
23/01/2026
Chop etish
Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti bitiruvchilari uchun ish beruvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ibodulla Rahimov, tuman ta’lim bo‘limlari vakillari, “O‘zmilliybank” AJ mas’ul xodimi Fozil Nizomov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakili Baxtiyor Babayarov hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ish beruvchilar tomonidan ta’lim sohasidagi mehnat bozorining hozirgi holati, ishga joylashish imkoniyatlari, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va zamonaviy kasbiy talablar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni ish jarayonida samarali qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Tadbir doirasida “Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha “O‘zmilliybank” AJ mas’ul xodimi tomonidan taqdimot o‘tkazilib, bitiruvchilar uchun imtiyozli kreditlar, ularni rasmiylashtirish tartibi hamda yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, hozirga qadar 149 nafar bitiruvchiga jami 2 milliard 447 million so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari ajratilgan.

 

Uchrashuv interaktiv shaklda o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan batafsil javob oldilar. Mazkur tadbir universitet, ish beruvchilar va bitiruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilgan muhim amaliy platforma bo‘ldi.


Ulashish:
2 585
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.