- O’zbekiston oliy o’quv yurtlari va qiziquvchi tomonlar uchun Erasmus+ loyiha guruhlarining doimiy hamkorligi va tajribasi haqida ma’lumotlar bilan almashish.
- Yevropadagi hamkor-universitetlarida qisqa muddatli ta’lim olish imkoniyatlari, Erasmus Mundus qo’shma magisterlik dasturlari stipendiyalar, Yevropa universitetlarida professor-o’qituvchilar uchun o’qitish va tadqiqot olib borish imkoniyatlari to’g’risida ma’lumot berish.
- Erasmus Mundus va Erasmus+ dasturlari bitiruvchilarining noyob xalqaro tajribalari bilan tanishtirish.
- Talabnomalarni topshirish bo’yicha amaliy maslahatlar berish va ma’lumotlarni qidirish va grantni olish uchun hujjatlarni tayyorlash bo’yicha maslahatlar berish.
O’zbekistonda ERASMUS+ Haftaligi
ERASMUS+ dasturi nima?
Erasmus + – Yevropa Ittifoqi dasturi, ta’lim, kasb-hunar ta’limi, yoshlar bilan ishlash va sport sohalarida loyihalar, hamkorlik, tadbirlar va harakatchanlikni qo’llab-quvvatlaydi. 2014 yildan 2020 yilgacha davom etadigan ushbu dastur Yevropa davlatlari o’rtasida ham, Yevropa davlatlari bilan va dunyodagi hamkor mamlakatlar o’rtasidagi ushbu sohalarning barchasini rivojlantirish uchun mablag’ ajratadi.
2020/2021 o’quv yili uchun so’nggi tanlov doirasida O’zbekiston universitetlari, o’qituvchilari, talabalarining jamoaviy va individual ishtiroki uchun dasturning quyidagi yo’nalishlari ochiq edi: Oliy ta’lim salohiyatni oshirish (Capacity Building in Higher Education), Xalqaro Kredit Mobilligi (International Credit Mobility), Erasmus Mundus Qo’shma magisterlik dasturlari (Erasmus Mundus Joint Master Degrees) va Jean Monnet dasturi.
Amaldagi Erasmus+ dasturining davomi sifatida 2021-2027 yillardagi yangi Erasmus dasturi uchun uch baravar byudjet allaqachon tasdiqlangan. Yangi tanlovlar haqida ma’lumot 2020 yil oxirida kutilmoqda.
ERASMUS+ Haftaligining vazifalari 12-17 oktyabr 2020