Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/03/2026
Chop etish
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida u talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar faolligini yanada oshirishga doir fikr va takliflarini bildirdi.

Shuningdek, mehmon universitetda 7/24 rejimida faoliyat yuritayotgan kutubxona hamda Yoshlar ishlari agentligi loyihalari uchun ajratilgan maxsus xonalar bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida “Mushoira” klubi faoliyati ham taqdim etildi. Universitetda tashkil etilgan “Kitobxon talaba” tanlovini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 100 million so‘m mablag‘ ajratilishi e’lon qilindi.

Tadbir yakunida universitet rektori Maksudjan Yuldashev tomonidan mehmonga universitetning ramziy sovg‘asi topshirildi.


Ulashish:
960
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.