O‘zbekiston Qaxramoni Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi
2016 yilning 20-dekabr kuni Jizzax davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 7 dekabrdagi PQ-2668-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Atoqli shoir va adib, davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Qaxramoni Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Tadbirda Institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori F.Axmedov, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi yozuvchi Abdulla Ahmad, Respublika Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi boshlig‘i Mehribon Abduraxmonova, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘lim boshlig‘i F.Qo‘shnazarov, institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Abduvalieva, fakul’tet dekanlari, barcha fakul’tetlar ma’naviy-ma’rifiy ishlar dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.