Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
15/07/2022
Chop etish
#O‘qishni_ko‘chirish

#O‘qishni_ko‘chirish

(https://t.me/joinchat/Rfn4C07nmVy_NS2j)⚡️Oʻqishni koʻchirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi

2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:

transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan.

Qabul 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha _(shu kuni ham)_ davom etadi.

Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda)
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli)
◾️ akademik ma’lumotnoma (oʻqishni tiklovchilar uchun).

Eslatib o‘tamiz, joriy yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda)ga ichki «perevod» uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi (https://t.me/Talabalar_kanali_live/20582).

☝️Ogoh bo‘ling, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida testlar yakuniga yetgach, hujjatlar qayta tekshiriladi. Agarda ushbu jarayonda soxta hujjatlar aniqlangan, oliy ta’lim muassasasida qarzdorliklar mavjud bo‘lsa, talaba oʻtish balidan yuqori ball to‘plagan taqdirda ham unga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

➡️Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot


Ulashish:
773
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.