Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/05/2022
Chop etish
“Oliy ta`limda innovatsion rivojlanish” mavzusida seminar bo`lib o`tdi.

Jizzax davlat pedagogika institutida 2022 yil 12 may kuni Erasmus+ Milliy ofisi bilan hamkorlikda “Oliy ta`limda innovatsion rivojlanish” mavzusida Erasmus haftaligi doirasida seminar bo`lib o`tdi. Ushbu seminarning asosiy maqsadi O’zbekistonda OTMlar o’qituvchilari va xodimlarini o’qitishdagi ilg’or tajribalar, o’qitish va oliy ta’limning innovatsion rivojlanishi haqida axborot bilan ta’minlashga qaratilgan edi. Shuningdek, Boloniya jarayoni tamoyillarini targ’ib qilish, universitetlarning xalqaro reytingini oshirishga yordam berish va Erasmus+ dasturi, loyihalari, navbatdagi tanlovi doirasidagi imkoniyatlar bilan tanishtirishdan iborat bo`ldi.

Seminarni Jizzax davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektori G`.Qodirov kirish so`zi bilan ochib berdi.

Seminar davomida JDPI Ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasi mudiri, Erasmus+ Milliy ofisi, O`zbekistondagi vakolatxonasi, Oliy ta`lim ekspertlari milliy guruhi a`zosi va hududiy koordinatori Anora Jabborova tomonidan “Boloniya jarayoni tajribasi asosida ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish”  mavzusida,  Jizzax Politexnika instituti  Erasmus+ TRIGGER loyihasi ishtirokchilari Jamshid Abdunazarov, Yorqin Ortiqov tomonidan „Markaziy Osiyoda bitiruvchilarning ishga joylashishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish orqali OTM o‘quvchilarida innovatsion yondashuvlarni, tadbirkorlik ko‘nikmalarini va munosabatlarini rivojlantirish loyihasi“, Jizzax Politexnika instituti  Erasmus+ REILEAP  loyihasi ishtirokchisi Abbazov Ilhom tomonidan “O’zbekiston-Qozog’istondagi charm va charm mahsulotlari bo’yicha oliy o’quv yurtlarining imkoniyatlarini mustahkamlash loyihasi“ mavzularida taqdimotlar qilindi.

Seminarda Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyati, professor o`qituvchilari, tadqiqotchilari, doktorantlari bilan bir qatorda Jizzax Politexnika instituti, O`zMU Jizzax filiali vakillari ham ishtirok etishdi. Seminar so`ngida savol-javoblar va muhokama natijasida ko`pchilik o`zi qiziqtirgan savollarga javob oldi.

 


Ulashish:
896
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi»: Futbol va stol tennisi bellashuvlari boshlandi.
Musobaqalarning ochilish marosimida talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda sport ishqibozlari ishtirok etdi. Tadbir davomida aprel oyi mobaynida universitet hududida har kuni sport bayramlari o‘tkazilayotgani ta’kidlanib, jamoalarga omad...
JDPUda bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Paxtakor tumanida doimiy istiqomat qiluvchi bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Default image
Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurgan 172 nafar maktab o‘quvchilari oliygohning o‘quv va ijtimoiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.