Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish
Yurtimizda kadrlar tayyorlash tizimlarini takomillashtirish borasida bir qator yangi qarorlar imzolandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi «Toshkent irrigatsiya va qishloq ho’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida»gi PQ-3702-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi «Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida»gi PQ-3704-son qarori imzolandi.