Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/09/2020
Chop etish
Olimpiada g‘oliblari aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyundagi “Matematika ta’limi va fanini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash”, shuningdek, 2020 yil 7 maydagi

“Matematika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini yaxshilash maqsadi”dagi PQ-4387 va PQ-4708 sonli qarorlarining ijrosini ta’minlash hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida yaratilgan “o‘ylab ko‘ring” telegram boti joylashtirilgan o‘quv platformasida “Matematika va informatika” fakulteti talabalari o‘rtasida elementar matematika fanidan institut rektori va fakultet dekanati tomonidan tashkil etilgan ichki onlayn olimpiada 22.09.2020 kuni o‘tkazildi.

 

Olimpiadada 324 nafar talaba ishtirok etdi. Shundan 69 nafari misol va masalalarni 100% yechgan. Natijalarga ko‘ra 1-oliy o‘rin Matematika o‘qitish metodikasi 201-guruh talabasi Latofat Olimovaga, 2-o‘rin Matematika o‘qitish metodikasi 201-guruh talabasi Diyorbek Bolibekovga, 3-o‘rin Matematika o‘qitish metodikasi 401-guruh talabasi Suxrob Yunusovga nasib etdi.

Ushbu  olimpiada g‘oliblariga  (1 o‘ringa 1000000 (bir million), 2 o‘ringa 800000 (sakkiz yuzming), 3 o‘ringa 600000(olti yuz ming) so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilab qo‘yilgan edi. Bo‘lib o‘tgan  Olimpiadaga matematika va informatika fakulteti talabalari jalb qilingan bo‘lib ular 22.09.2020 kuni ertalab sakkizdan kechki 21: 00 gacha “o‘ylab ko‘ring”  telegram botida  berilgan shartlar asosida o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi. Institut jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarni chin dildan qutlaydi va ularga kelajakda bundanda yuqori marralarni egallashiga umid bildiradi.


Ulashish:
1 184
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.