Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

OILA -FARZAND  TARBIYASI  TAYANCHI

Qilichova Marhabo Xudoyqulovna JDPI“Maktabgacha  ta’lim metodikasi “ kafedrasi o’qituvchisi Yo’ldosheva Madinabonu Qahramon qizi JDPI 538/21 guruh  talabasi   Annotatsiya. Mening ushbu maqolamda oiladagi farzandlarga beriladigan tarbiya va oilaning jamiyatdagi tutgan o‘rni haqida atroflicha gap boradi. Yana, buyuk mutafakkirlarning oila haqida bildirgan fikr mulohazalari ham o‘rin egallagan.         Аннотация.В этой статье я расскажу о воспитании детей в семье и роли семьи в обществе.Также имели место мнения великих мыслителей о семье.        Annotation.In this article, I will talk about the upbringing of children in the family and the role of the family in the society.There were also opinions of great thinkers about the family . Kalit so‘zlar: Oila, jamiyat, tarbiya, Oila kodeksi. Ключевые слова:Семья, общество, воспитание, Семейный кодекс. Keywords:Family,society, education, Family code.   Oila tarbiyasida ota ham,ona ham teng huquqli ishtirok etishi  bolaning eng yaxshi yaxshi xulq-odob qoidalarini ,muayyan  bir kasbni egallashga ko’maklashishi , kerakli buyum va  jihozlarni yetkazib berish uchun jozibalilik ko’rsatishi kerak.                                                                                               Jaloliddin Dovoniy.   Oila jamiyatning boshlang‘ich ijtimoiy bog‘inidir. U o‘zida oila a’zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasini va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Bolaning shakllanishida umuman olganda, shaxsning shakllanishida oilaning o‘rni katta. Har bir farzandning kelajakda barkamol shaxs bo‘lib yetishishida oiladagi muhit va oila asosiy ro‘l o‘ynaydi. Yurtimizda oilalarga va oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga katta e’tibor qaratilgan. Jumladan, Respublikamizda 1998-yil «Oila» yili deb e’lon qilinishi bilan oilalarga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi. Xususan, «Oila kodeksi»ning  yangi tahriri, bir qator qonunchilik va me’yoriy  hujjatlar qabul qilindi. Oilani moddiy farovonligini ta’minlashga qartilgan zarur shart-sharoitlar yaratildi. Sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan oila ya’ni ota-ona shug‘ullanishi kerak kabi fikrlarni ilgari surishgan. Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino farzand tarbiyasiga oid  “Bolani tarbiyalash oilaning ya’ni ota-onaning asosiy maqsad va vazifasidir. O‘z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo‘lgan ota-ona tarbiyachi bo‘lishi mumkin” – degan fikrlarni bildirgan. Demak, har bir ota-ona farzidiga tarbiya berishda tarbiyani avvalo o‘zidan boshlashi kerak, shuningdek, bolaga tarbiya berishda har sohaga e’tibor berishlari kerak. Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush-tarzi axloqiy mas’uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruh.  Bola oilada dunyoga keladi, ulg‘ayadi, rivojlanadi va o‘sadi. Umuman olganda, oila bolaning rivojlanishidagi va bola tarbiyasidagi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Oilada farzand tarbiyasi u tug’ilmasdan boshlanmog’i zarur. Homilador ayolning kayfiyati yaxshi, asablari sokin, iste’mol qiladigan taomlari bola organizmi uchun foydali bo’imog’i zarur. O’z vaqtida yumushlarini bajarib, dam olib, sayr qilib, ovqatlanib, tug’ilajak bola taqdirini o’ylash uning vazifasi hisoblanadi. Biz bolalarimizni avvalo eshita  olishimiz kerak u nimalarnidir savol berayaptimi erinmasdaan javob berishga harakat qiling,agarda savollariga befarqlik qiladigan yoki urishib tashlaydigan bo’lsangiz  uning qiziqishlarini so’ndirib qo’ygan bo’lasiz. Bolani urishib qo’rqitib tarbiya qilaman deb o’ylamang agarda uni shunday tarbiya qilmoqchi bo’lsangiz uni cho’chitib qo’yasiz.Natijada bola qo’rqoq bo’lib qoladi. Bolalarga hamma narsani to’g’ri tushuntirish kerak. Bolani rag’batlantirib turish kerak Negaki bola qilgan ishlari to’g’riligidan hursand bo’ladi va o’ziga bo’lgan ishonchi ortib boraveradi.Oilada ota-onalar farzandlariga tez-tez biz senga ishonamiz sen buni uddalaysan, sen aqillisan, kuchlisan kabi so’zlarni aytishlari kerak . Bolaning o’ziga bo’lgan ishonchini yana bir karra oshiradi.Oilada ota-onalar namunasi bolalar uchun hayot darsi hisoblanadi. Otaning onaga, ona mehnatiga, jamiyatga, jamiyat a’zolariga bo’lgan munosabati bola qalbiga yaxshilik yoki yomonlik, ma’qul va noma’qul ishlar haqidagi dastlabki tushunchalarini vujudga keltiradi. Oila muhiti- bu qandaydir tarbiya vositasi emas, balki ota-onalarning va katta yoshdagi kishilarning har taraflama olib boradigan tarbiyaviy ish natijalari, oila a’zolarining o’zaro yuksak axloqiy munosabatlarining yig’indisi va nihoyat, kattalarning bolalarga ijoboy ta’sir ko’rsatish namunasi natijasidir. Ota-onalar o‘zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash turli ko‘rinishdagi munosabatlarni uyishtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy me’yorlarga og‘ishmay rioya etish sog‘lom turmush tarzini yaratish o‘z shaxsiy hayoti mazmunini belgilashda maqsad so‘z va faoliyat birligini ta’minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko‘rsatadi. Ota-onaning oiladagi eng mas’uliyatli vazifasi bu farzand tarbiyasidir. Yetuk jamoat arbobi Abdurauf Fitratning “Oila” nomli asarida ham farzand tarbiyasida oilaning o‘rni, tarbiya turlari haqida o‘zining qimmatli fikrlari keltirib o‘tgan. Xususan «Oiladagi eng og‘ir vazifa – bola tug‘ilgandan  keyingi farzand tarbiyasidir» – degan tilloga teng fikrlari hanuzgacha  xalqimiz hayotida o‘z isbotini topgan. Oilada bola tarbiyasiga bo‘lgan e’tibor katta bo‘lishi kerak negaki, bola ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalar hayotdagi ilk ko‘nikmalarni oiladan oladi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, oila bu tarbiya qo‘rg‘onidir. Xuddi shu tarbiya qo‘rg‘onida farzand tarbiyasiga  umuman olganda oiladagi hamjihatlikka ota-ona mas’uldir. Farzand bu qo‘rg‘onda hayoti davomidagi ilk ta’lim va tarbiyani olar ekan, albatta bu qo‘rg‘on mustahkam bo‘lishi kerak. Negaki, shu ulug‘ qo‘rg‘onda olgan ilk tarbiya va ta’lim qanchalik kuchli bo‘lsa, inson hayoti davomidagi qolgan kerakli ma’lumotlarni to‘plashda qiyinchilik bo‘lmaydi va jamiyat hayotiga moslashib ketish ham oson bo‘ladi. Har bir  ota-ona ularning farzandlari jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlaridek og‘ir mas’uliyatni o‘z zimmalariga olar ekan birinchi o‘rinda o‘zlari farzandlariga o‘rnak bo‘la bilishlari kerak. Chunki donishmand xalqimiz aytganidek “qush uyasida ko‘rganini qiladi”. Oiladek mustahkam qo‘rgo‘nimizning asl posponlari ota-onalarimizdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
  1. Qodirova . “Maktabgacha pedagogika” Toshkent 2019-yil.
  2. Muslimov N. “Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari” Toshkent 2015 y
  3. Musurmonova O. “Umumiy pedagogika” Toshkent 2020-yil.
  4. Qilichova, M. (2021). Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jismoniy rivojlanishining o’ziga xosliklari.Мактабгача таълим журнали, 3(Preschool education journal).
  5. Qilichova, M. (2021). Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rivojlanish yoshi va o’ziga xos xususiyatlari. Мактабгача таълим журнали, 3(Preschool education journal).
  6. Qilichova, M. X. (2021)Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning xorij davlatlaridagi ilg’or texnologiyalari. Academic research in educational sciences, 2(11), 739-746  Qilichova, M. X. (2021). Ta’lim-tarbiya jarayoniga  integratsion yondashuvning mazmuni. Academic research in educational sciences, 2(10), 917-921.