Mazkur tadbir universitet rektori Maksudjan Yuldashev tashabbusi bilan tashkil etildi.
So‘zga chiqqanlar bu kabi uchrashuvlar yoshlar, ayniqsa iqtidorli qizlar uchun muhim motivatsiya manbai ekanini ta’kidlab, bunday muloqotlar davom ettirilishini qayd etdilar.





Davra suhbatida respublikamizning turli hududlaridan 2025–2026-yillarda Zulfiya davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan 11 nafar qizlar ishtirok etdi. Ular o‘z muvaffaqiyat yo‘li va hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, talabalarning savollariga batafsil javob berdilar.



Universitet Madaniyat saroyida o‘tkazilgan davra suhbatida viloyat hokimi o‘rinbosari Gulnora Normurodova ishtirok etib, tadbirni mazmunli fikrlar bilan davom ettirdi.



Uchrashuv doirasida Zulfiya mukofoti sohibasi Mehribon Abdurazzoqova tomonidan Zulfiya she’ri asosida yaratilgan “Bu bog‘lar” qo‘shig‘i ijro etilib, barcha ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.






Ta’kidlash joiz, bugungi kunga qadar Jizzax viloyatidan 36 nafar qiz Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, ularning 10 nafari mazkur universitet bitiruvchilari hisoblanadi.
