Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/03/2022
Chop etish
#muqaddasan_ayol_

Bugun Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlarimizga yuksak hurmat-ehtirom ko’rsatish,  jamiyatda munosib o’rin egallashi uchun ko’maklashish masalasini muhim o’ringa qo‘ydi.

Shu o‘rinda, o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 8-mart «Xalqaro-xotin qizlar bayrami» munosabati bilan «Ayol-muqaddasan» nomli tadbir uyushtirdi. Tadbir sho‘x-shodon kuy va qo‘shiqlarga, turli xotin-qizlarning hayotdagi muammolari va yutuqlarini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, ayollarning pazandachilik sirlarini ko’rsatib beruvchi tanlovlarga boy bo‘ldi. Tadbirga yutuqlarga erishgan va faol talabalarning onalari ham taklif qilindi. Ularga tashakkurnoma va guldastalar taqdim qilindi. Talabalarning onalari ham farzandlarining yutuqlaridan va shunday hurmat va ehtirom ko’rsatilganidan sevinch ko‘z yoshlarini yashirishmadi. Tadbirda qatnashgan xotin-qizlar bugun hayotda shunday munosib o‘rinlarga egaligidan mamnun ekanligini yana bir bora his qilishdi.

 


Ulashish:
836
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.